Joriy yilning 8 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni Jizzax viloyati bosh inspektori Sardor Usmanov ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Jizzax viloyati boshqarmasida viloyat va tuman xodimlari uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi.
O‘quv-seminarda vakil devoni bosh inspektori S.Usmanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 14 noyabridagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-184-sonli Farmoni mohiyati yuzasidan seminar ishtirokchilariga atroflicha tanishtirildi.
Shuningdek, seminar yakunida inspeksiya xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi. Bu kabi seminarlar tashkil etilishi soha xodimlarining bilim va malakalarini yana-da chuqurlashtirishga yordam beradi.