Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etish, hududlarda, ayniqsa mahallalarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yana-da rivojlantirish, shuningdek, aholining turmush darajasini oshirish hamda tadbirkorlar uchun qulay investitsiya muhitini yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024 yil 30 dekabrida PQ-465-sonli qarori qabul qilindi.
Shu bilan birga «O‘zagroinspeksiya» xodimlariga ham bir qancha masʼuliyatli vazifalar yuklatilmoqda.
Jumladan,
-har bir tuman bo‘yicha dala chetlarida ekin ekish imkoni bor yerdan foydalanuvchilarni hosildor urug‘ va ko‘chat navlari bilan taʼminlanishi ustidan nazorat o‘rnatish;
-dala chetlarida ekin ekish ishlari ustidan monitoring o‘tkazish;
-agrotexnik tadbirlar o‘tkazishi holatini hamda ekin ekmagan yerdan foydalanuvchilarni aniqlash va ularga nisbatan taʼsir choralar qo‘llash;
-qaror talablaridan kelib chiqib dala chetlariga ekin ekmaganlik va yil davomida mahsulot yetishtirmaganlik uchun jarima qo‘llash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.
Ushbu qaror ijrosi yuzasidan «O‘zagroinspeksiya» tomonidan 2025 yil 7 yanvardagi UM-01-25-sonli buyrug‘i qabul qilindi va qaror talablaridan kelib chiqqan holda qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan nazorat rejasi ishlab chiqildi.
Shuningdek, dala chetlariga ekin ekmaganlik uchun javobgarlik belgilanayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi va kelishish uchun vazirlik va idoralarga yuborildi.
Ushbu loyiha qonunchilikka qabul qilinishi bilan nafaqat yerdan foydalanuvchilar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan yer maydonlaridan samarali va oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yilishi, balki, qishloq xo‘jaligi ekinlaridan mo‘l hosil olish bilan bir qatorda aholining turmush darajasini oshirish hamda tadbirkorlar uchun qulay investitsiya muhiti yaratiladi.
A.Maxmudov - Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i