Ру Ўз O`z En

Markazda korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan tadbir bo‘lib o‘tdi

27 Sentyabr 2023 2702

Korrupsiyaga qarshi kurashish O‘zbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylanib ulgurdi. Buni so‘nggi yilllarda sohaga oid qabul qilingan katta ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan maʼmuriy islohotlar misolida ham ko‘rish mumkin. 

Mazkur yo‘nalishda Inspeksiya tizimida korrupsiyaga toqatsizlik muhiti shakllantirilgan bo‘lib, ushbu natijaga xodimlar orasida targ‘ibot, tashviqot tadbirlarini olib borish orqali erishilmoqda.

“O‘zagroinspeksiya” huzuridagi Markazning majlislar zalida Inspeksiya tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha 2023-yil 2- yarim yilligi uchun “Yo‘l xaritasi”ning 11-bandiga muvofiq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi vakillari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi davlat siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda Markaz rahbariyati, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, mutaxassis xodimlari hamda ZOOM platformasi orqali hududiy filiallar xodimlari ishtirok etdilar.

Seminar davomida maʼsul tashkilot ekspertlari Markaz xodimlariga bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashida amalga oshirilayotgan ishlar, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida erishilayotgan yutuqlar va mavjud kamchiliklar, mazkur illatini yo‘qotish borasida amalga oshirilayotan tadbirlar xususida batafsil maʼlumot va tavsiyalar berib o‘tdilar.

"O‘zagrinspeksiya" Axborot xizmati

Text to speech