Seminar ishtirokchilari dastlab, Qarshi tumanida joylashgan “Abul Mu’iyn an-Nasafiy” ziyoratgohida bo‘ldilar, yurtimiz tinchligi, qishloq xo‘jaligida mo‘l-ko‘l va barakali hosil so‘rab duolar qilindi.
Keyingi manzil Qarshi tumanida joylashgan Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti bo‘ldi. Institut tajriba maydonida urug‘lik g‘alla maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish bo‘yicha Respublika ko‘rgazmali o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda “O‘zagroinspeksiya” rahbari Abrol Vaxabov g‘alla aprobatsiyasining ahamiyatini ta’kidlab, “Aprobatsiya jarayonlari urug‘chilikda sifat va samaradorlikni ta’minlashi bilan birga kelajakda yuqori hosil olishning zamini ekanini qayd etdi.
Ushbu seminarda ilm va amaliyot birlashdi. Institut olimlari ishtirokchilarga yangi navlar, urug‘lik g‘alla maydonlaridagi aprobatsiya jarayonlari va g‘o‘za maydonlaridagi ilg‘or agrotexnik tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berishdi. Amaliy ko‘rgazmalar orqali yer unumdorligini oshirish, resurslardan samarali foydalanish va hosildorlikni ko‘paytirishning zamonaviy usullari namoyish etildi.
Albatta bu seminar qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion yondashuvlarni joriy etish va fermerlar bilim va tajribasini oshirishga xizmat qiladi.
“O‘zagroinspeksiya” axborot xizmati