Ру Ўз O`z En

Urug‘lik paxta maydonlarida belgilangan agrotexnik tadbirlar o‘tkazilmoqda

25 Iyul 2022 2179

Bugungi kunda, respublika bo‘yicha 102 ming 749 gektar maydonlarda ertapishar, o‘rtapishar va ingichka tolali g‘o‘za navlaridan urug‘lik paxta yetishtirish maqsadida agrotexnik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ayni paytda urug‘lik paxta maydonlarining qator oralariga ishlov berish, mineral o‘g‘itlar bilan 3-oziqlantirish, g‘o‘zani 2-sug‘orish kabi kechiktirib bo‘lmaydigan ilmiy asoslangan agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Inspeksiya tomonidan Respublika bo‘yicha o‘tkazilayotgan monitoringlar davomida  bugungi kunda urug‘lik paxta maydonlarining 2 ming 789 gektari (2,7 %) 3-4 ko‘sak, 58 ming 143 gektari (56,6 %) 5-6 ko‘sak, 41 ming 816 gektari (40,7 %) 7-8 ko‘saklash fazalarida rivojlanayotganligi maʼlum bo‘ldi.

Maʼlumki, shu bilan birga qator orasiga ishlov berish ishlarining o‘z vaqtida bajarilishi o‘rganilganda, bugungi kunda 7,3 marotaba kultivatsiya qilinganligini aniqlandi. Shuningdek urug‘lik paxta maydonlarida 1- sug‘orish ishlari yakunlanib, hozirda 74 ming 509 gektar (72,5%) maydonda 2-sug‘orish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda urug‘lik maydonlarini mineral o‘g‘itlar bilan 3-oziqlantirish ishlari 96 ming 180 gektar yoki 93,6 foiz maydonda amalga oshirilgan.

Paxtadan mo‘l hosil olishda o‘z muddatlarida chilpish ishlarining o‘tkazilishi muhim omil sanaladi va shu orqali yuqori va sifatli hosil yetishtirilishi mumkin bo‘ladi.

Hozirda avlodli urug‘lik yetishtiriladigan va rivoji yaxshi bo‘lgan 19 ming 39 gektar (18,5 %) urug‘lik maydonlarda o‘rtacha 9-10 tadan, 38 ming 281 gektar (37,3 %) maydonlarda o‘rtacha 11-12 tadan, 31 ming 698 gektar (30,8 %) maydonlarda o‘rtacha 13-14 tadan, 13 ming 732 gektar (13,4 %) maydonlarda o‘rtacha 15-16 tadan hosil shoxlari shakllangan.

Bundan tashqari, yaxshi parvarish qilingan urug‘lik maydonlarda g‘o‘zaning yon shoxlarini chilpish ishlari aksar hududlarda xususan, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlarida boshlab yuborildi.

Respublika bo‘yicha chilpish mumkin bo‘lgan 62 ming 333 gektar maydonning 59 ming 92 gektarida ushbu tadbir amalga oshirildi.

Yuqoridagi agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi urug‘lik maydonlarning bir xilda rivojlanishini taʼminlab, ko‘zlangan hosilni olish imkoniyatlarini yana-da oshiradi.

Bu borada Inspeksiya tomonidan tizimli nazorat o‘rnatilgan bo‘lib, sohada iyun oyida jami 716 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, shundan tekshirishlar soni 12 tani, monitoring o‘rganishlar 704 tani, aniqlangan qonunbuzilishlar 590 tani tashkil qildi.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijalari yuzasidan sohaga aloqador korxona va tashkilotlarga 22 ta taqdimnoma va 559 ta yozma ko‘rsatmalar kiritilgan bo‘lib, 5 ta materiallar qonuniy qaror qabul qilish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Shuningdek, mansabdor shaxslarga nisbatan 9 ta maʼmuriy qarorlar qabul qilinib, ushbu sohada ishni to‘g‘ri tashkil etish maqsadida 528 ta jismoniy va yuridik shaxslar ogohlantirildi.

Urug‘chilik xo‘jaliklarida ilmiy asoslangan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida  amalga oshirilishi yuzasidan “O‘zagroinspeksiyaning viloyat boshqarmalari va tuman bo‘limlari tomonidan profilaktika va nazorat tadbirlari muntazam ravishda olib borilmoqda.

N.Ismailov — “O‘zagroinspeksiya”ning Urug‘lik paxta xom ashyosi chigiti yetishtirilishini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i.

B.Usmonov “O‘zagroinspeksiya”ning Urug‘lik paxta xom ashyosi chigiti yetishtirilishini nazorat qilish bo‘limi katta inspektori.

Text to speech