1983 yil Samarqand shahrida tug‘ilgan
Tamomlagan
2006 yil Toshkent shahar irrigatsiya va melioratsiya instituti (bakalavr)
2008 Toshkent shahar irrigatsiya va melioratsiya instituti (magistratura)
Qurbanbayev Muradjon Xojibiyevich
Qishloq xo'jaligi ekinlari urug'lari etishtirilishini nazorat qilish boshqarmasi boshlig'i
1974 yili Xorazm viloyatida tug'ilgan.
1996 y. Samarqand qishloq xo'jaligi instituti,(Agronom olim) hamda
2012 y. O'zbekiston Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Vazifalari
:Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirishni nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i boshqarmaga umumiy rahbarlik qilib, uning vazifalarini samarali tashkil etilishini ta’minlaydi.
:Vazirlik va Inspeksiya boshlig‘ining buyruq va ko‘rsatmalari, Inspeksiya va boshqarmaning ish rejalari, hay’at qarorlarining bajarilishini hamda hay’at muhokamasiga kiritish uchun hujjatlarni tayyorlanishini tashkil qiladi.
:Boshqarma xodimlarini ijro va mehnat intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilishlarini ta’minlaydi va nazorat qiladi. Ularni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar kiritadi.
:Inspeksiyaning ish rejalariga takliflar tayyorlaydi va ularning bajarilish choralarini ko‘radi hamda ijro etilishida ishtirok etadi.
:Boshqarma faoliyatiga oid tahliliy hujjatlarni, umumlashtirishlarni, hisobotlarni hamda axborotlarni tayyorlashda ishtirok etadi.
:Sohaga oid qonunlar ijrosi ustidan nazorat hamda boshqarma faoliyati samaradorligini oshirish va amaliyotdagi mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar hamda uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqadi.
:Sohada qonuniylik ahvoli to‘g‘risidagi statistik va boshqa ma’lumotlar to‘planishi, tahlil qilinishi, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etilishi hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi yuzasidan choralar ko‘rilishini ta’minlaydi.
:Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari faoliyatini tekshirishda ishtirok etadi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ijobiy tajribalarni ommalashtirish, faoliyatini takomillashtirish hamda xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazish, shuningdek, xodimlarni ish o‘rganishga chaqirish yuzasidan takliflar kiritadi.
:Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar natijalarini tahlil qiladi va Rahbariyatga axborot kiritib boradi.
Asossiz deb topilgan nazorat hujjatlari yoki qarorlarni bekor qilish va hisobotdan chiqarish yuzasidan takliflar kiritadi.
:Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi. Murojaat (ariza, taklif va shikoyat)larni boshqarma xodimlariga ko‘rib chiqish uchun topshiradi, nazorat qiladi va alohida hollarda murojaatlarni bevosita hal qiladi. Umumlashtirish va muhokama qilish uchun tegishli hujjatlar tayyorlanishini tashkil etadi.
:Huquqiy targ‘ibotni amalga oshiradi. Bu borada ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan foydalanadi. Targ‘ibot tadbirlarida bevosita boshqarma faoliyatini yoritilishini tashkillashtiradi.
:Ish yuritishni Yo‘riqnoma asosida olib borilishini tashkillashtiradi.
:Inspeksiya boshlig‘ining ko‘rsatmasi hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Mirzaaxmedov Anvarjon Tursunovich
Texnika holatini nazorat qilish boshqarmasi boshlig'i
1982 yili Namangan viloyatida tug‘ilgan.
2005 y. Toshkent davlat agrar universiteti, agroinjeneriya,
2007 y. Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, YoMM tashish, saqlash, quyish vositalarini ta’mirlash va ulardan foydalanish yo‘nalishida tamomlagan
Vazifalari:
:Texnika holatini nazorat qilish boshqarmasi va uning quyi tizimi faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda tizimga yuklatilgan vazifalar va majburiyatlar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
:Inspeksiyaga tizimni zamonaviylashtirish, uni barqaror rivojlantirish, jumladan, sohani texnik jihatdan yangilash, uni ro‘yobga chiqarish strategiyasi va mexanizmlari bo‘yicha takliflar kiritadi, vakolati doirasida taqdim etilayotgan hujjatlar, ma'lumotnoma, xat hamda boshqarmaning boshqa hujjatlarini imzolaydi.
:Qishloq xo‘jalik texnikalari bo‘yicha respublika miqyosidagi sohaga oid keng ko‘lamli, istiqbolli dolzarb masala, muammolarni tegishli vazirliklar, kompaniyalar, birlashmalar, uyushmalar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqib, ularni hal qilish yuzasidan Inspeksiya rahbariyatiga aniq tizimli tadbirlarni o‘z ichiga olgan takliflar kiritadi.
:Boshqarmada tahliliy axborot va boshqa materiallar tayyorlanishini va tashkil etilishini ta'minlaydi, sohaga oid qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va majlislari topshiriqlari, Qishloq xo’jaligi vazirligi, hamda Inspeksiya buyruqlari va hay'at qarorlari bajarilishini muntazam ravishda nazorat qilib boradi hamda ularning ijrosini ta'minlash yuzasidan rahbar va mas'ul xodimlarning javobgarligini oshirish choralarini ko‘radi.
:Quyi tarmoqlar tomonidan qo‘llanilgan nazorat hujjatlarining qonuniyligi, asosliligi va sifatini doimiy o‘rganib boradi, ularning bir xilda qo‘llanilishi yuzasidan choralar ko‘radi.
:Qonuniylikni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligini tizimli hamda tanqidiy tahlil qilib boradi.
:Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini davlat ro‘yxatidan, qayta ro‘yxatdan, vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish, davlat ro‘yxatidan chiqarish, hisobdan chiqarish, texnikalar uchun ma'lumotnoma berish, taqiqlarni qayd etish, texnikalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish, traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ta'lim muassasalarini hisobga olish, imtihonlarga kirish, uni o‘tkazish hamda qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati ustidan nazoratni amalga oshirishni tashkil etadi.
:Idoraviy bo‘ysunuvi va mulk shakllaridan qat'i nazar traktorlar, traktor tirkamalari, meliorasiya va yo‘l-qurilish texnikasi, o‘ziyurar mashinalar hamda qishloq xo‘jaligi texnikalari soni hisobining yuritilishi, saqlanishi va hisobdan chiqarish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, texnik ko‘rikdan o‘tkazish, shuningdek, davlat raqami belgisi, texnik pasport va texnik guvohnoma berish;
traktorchi-mashinist guvohnomasini va ogohlantirish talonlarini berish uchun imtihonlar o‘tkazish;
qishloq xo‘jaligi, meliorasiya va yo‘l-qurilish texnikasini, qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishning resurslarni tejovchi zamonaviy texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar talablarining bajarilishi;
mashinasozlik va ta'mirlash korxonalarida qishloq xo‘jaligi, meliorasiya va yo‘l-qurilish texnikasini, uskunalarni va ehtiyot qismlarni yuklashdan oldin ularning sifat ko‘rsatkichlari tekshirilishi;
traktorlar, traktor tirkamalari, meliorasiya va yo‘l-qurilish texnikasi, o‘ziyurar mashinalar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi davlat sinovlaridan o‘tkazilganligi va ularning ekspluatatsiya qilinishi samaradorligi ustidan nazorat qilishni tashkil etadi
:Qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni o‘rganib boradi va takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi.
:Agrosanoat majmui sohasida qonun hujjatlari ijrosini muntazam tahlil qilib boradi, tahlil natijalari bo‘yicha sohadagi qonun hujjatlarini va normativ hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi.
:Huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishda nazoratni amalga oshiradi.
:Boshqarma vakolatiga taalluqli ishlar bo‘yicha tekshiruvlar hamda YHXBB bilan kelishilgan holda yo‘llarda harakat xavfsizligini ta'minlash, nosoz texnikalardan foydalanishning oldini olish yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazishni tashkil etadi.
:Davlat organlari va tashkilotlariga, shuningdek idoraviy bo‘ysunuvidan va mulkchilik shakllaridan qat'i nazar yuridik shaxslar va ularning mansabdor shaxslariga hamda jismoniy shaxslarga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar beradi.
:Sohada qonun buzilishi holatlarini hamda ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida idoraviy bo‘ysunuvidan va mulkchilik shaklidan qat'i nazar korxona, muassasa va tashkilotlarga ijro etilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritadi.
:Ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish amaliyotini tahlil qiladi, ularning hisobini olib boradi hamda ushbu sohada yagona amaliyotni shakllantiradi.
:Texnika holatini nazorat qilish bo‘yicha kadrlarning malaka, tajribalarini oshirish va lavozimiy vazifalarning sifatli bajarilishi yuzasidan tizimli ish olib boradi.
Axmedov Kamol Xatamovich
Paxta xom-ashyosi, don, urug‘lar va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i
1970 yili
Jizzax viloyati, Baxmal tumanida tug‘ilgan.
1993 y. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoati texnologiyasi instituti,
2005 y. Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, muhandis-texnolog
Hasanov Valijon Abduzohirovich
Axborot tahlil, ijro intizomi va maʼmuriy amaliyot boshqarmasi boshlig‘i
03.12.1984 yil
Vazifalari:
:Boshqarmaga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, boshqarma xodimlarining xizmat va ijro intizomiga rioya qilishlari ustidan nazorat qiladi hamda boshqarma faoliyatini Inspeksiya markaziy apparati (keyingi o‘rinlarda - Markaziy apparat deb yuritiladi) tizimidagi boshqa tarmoqlar bilan muvofiqlashtiradi.
:Inspeksiya boshlig‘ining rahbarligida Markaziy apparat tarkibiy tarmoqlari va quyi Inspeksiyalarda ishlarni to‘g‘ri tashkillashtirish, ijro intizomini mustahkamlash va faoliyat yuzasidan hisobotlarning to‘g‘ri yuritilishi borasida barcha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
:Markaziy apparat ish rejasining ishlab chiqilishini tashkillashtirib, hay’at muhokamasiga taqdim qiladi.
Ish reja hay’atda ma’qullanib, Inspeksiya boshlig‘i tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng, ijro uchun Markaziy apparat tarkibiy tarmoqlari va quyi Inspeksiyalarga yuborilishi va ijroga qaratilishini nazorat qiladi.
Boshqarmaning ish rejasi ishlab chiqilishini tashkil qiladi va Inspeksiya rahbariyatga tasdig‘iga kiritadi, uning ijrosini nazorat qiladi.
Shuningdek, Markaziy apparatning boshqa tarkibiy tarmoqlarining ish rejalarini ishlab chiqilishi va ijrosi ustidan nazorat olib borilishini ta’minlaydi.
Ish rejalarining ijroga qaratilishi ahvoli haqida Inspeksiya boshlig‘iga axborot berib boradi.
:Inspeksiya hay’at majlisi muhokamasiga tashkiliy tayyorgarlikni va hay’at qarorlarining ijroga qaratilishi ustidan tegishli tartibda nazoratni tashkillashtiradi.
:Boshqarma tomonidan Inspeksiyaning nazorat faoliyati, shuningdek, ma’muriy amaliyot va tekshiruvlar ahvoli yuzasidan Inspeksiya faoliyati yuzasidan hisobotlar (nazorat tadbirlari bo‘yicha) jamlanishi va yuritilishini tashkil qiladi.
Zarur hollarda Markaziy apparatning tarkibiy tarmoqlaridan tegishli hujjatlar va tahliliy ma’lumotlarni talab qilib oladi.
:Markaziy apparatning tarkibiy tarmoqlari tomonidan tayyorlangan hujjatlar, shuningdek, quyi inspeksiyalarga yuborilayotgan rejaviy va boshqa topshiriqlarning asosliligini ko‘rib chiqadi.
:Markaziy apparatning tarkibiy tarmoqlari va quyi inspeksiyalari faoliyatini kompleks va boshqa tekshirish yuzasidan Inspeksiya boshlig‘iga taklif kiritadi. Ushbu tekshirishlarni tashkillashtiradi yoki ularda bevosita ishtirok etadi. Tekshirish natijalari bo‘yicha muhokama uchun hujjatlar loyihasini tayyorlanishini tashkil qiladi.
:Inspeksiya boshlig‘i rahbarligida tashkil etilgan ishchi guruhlar, shuningdek, boshqa tadbirlar yuzasidan hujjatlarning tayyorlanishini ta’minlaydi. Bu guruh va tadbirlarda bevosita ishtirok etadi, tegishli tartibda ularning faoliyatida amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilinishi va nazoratini tashkil etadi.
:Agrar sohada qonuniylik holati, fuqarolar huquqlari va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish borasida ahvolni tahlil qilinishini tashkillashtiradi.
Ular asosida Inspeksiya faoliyati samaradorligini oshirishga doir ustuvor vazifalar va yo‘nalishlar to‘g‘risida takliflar hamda hujjatlar loyihalarini rahbariyatga taqdim etib boradi.
:Inspeksiya boshlig‘ining ko‘rsatmasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Prezident Administratsiyasi, Oliy Majlisi Senati, Vazirlar Mahkamasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va boshqa idoralarga Inspeksiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot loyihalarining tayyorlanishini tashkillashtiradi.
Markaziy apparat tarkibiy tarmoqlari tomonidan tayyorlangan axborotlar loyihalarini ko‘rib chiqib, taklif kiritadi.
:Boshqarmada soha, shuningdek, xodimlar faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan tezkor yig‘ilishlar o‘tkazib, xato va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilaydi.
:Inspeksiya boshlig‘ining buyruq, farmoyish, ko‘rsatma va topshiriqlari hamda tarkibiy tarmoqlarning nizomlari loyihalarini tegishli tarmoqlar bilan hamkorlikda tayyorlanishini tashkillashtiradi.
:Fuqarolarni shaxsan qabul qiladi. Inspeksiya boshlig‘ining topshirig‘i asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqib, hal etadi.
:Boshqarmada ishlash uchun xodimlarni tanlash yuzasidan takliflar beradi. Markaziy apparatning attestatsiya komissiyasi muhokamasiga boshqarma xodimlarining attestatsiya loyihasini taqdim etadi.
Boshqarma xodimlarini rag‘batlantirish hamda intizomiy jazoga tortish masalalarida Inspeksiya boshlig‘iga takliflar kiritadi.
:Sohaga doir normativ huquqiy-hujjatlar targ‘ibotida ishtirok etadi. Bu borada ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan foydalanadi.
:Boshqarma xodimlarining kasb-malakasini oshirishga doir
chora-tadbirlarni ko‘rib boradi.
Boshqarma boshlig‘i ish joyida bo‘lmagan vaqtda Inspeksiya boshlig‘ining roziligi bilan boshqarma boshlig‘i vazifasini vaqtinchalik boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari bajarib turadi.
Irgasheva Gulhayo Akbarovna
Maʼnaviy va maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash bo‘yicha maslahatchi
25.05.1990 yil
Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumanida tug'ilgan
2008-yil Uzbekiston Milliy Universiteti
Filolog uzbek tili va adabiyoti o'qtuvchisi
2022-2023 yili O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig'ining ma'naviy va ma'rifiy ishlar samaradorligini
oshirish davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash bo'yicha maslahatchisi
2023-yil x.ko'ra O'zbekiston Respublikasi Qishloq ho'jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig'ining ma'naviy va ma'rifiy
ishlar samaradorligini oshirish davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash bo'yicha maslaxatchisi
Vazifalari:
Quyidagilar maslahatchining asosiy yo‘nalishlari (vazifalari) hisoblanadi: -«O‘zagroinspeksiya» va tizim tashkilotlarida maʼnaviy-maʼrifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlari hamda dasturlar va "yo‘l xaritalariʼʼning ijrosini tashkil etish;: maʼnaviy-maʼrifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishini, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish borasidagi ishlami tanqidiy o‘rganish, bu boradagi aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlari amalga oshirish; - davlat tiliga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish jarayonida ishtirok etish; - «O‘zagroinspeksiya»ning intenet jahon axborot tarmog‘idagi sahifalarini muntazam kuzatib borish, davlat tili qoidalarining buzilish holati aniqlanganda, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish; -davlat boshqaruvi, zamonaviy va innovatsion texnologiyalar, sanoat, bank- moliya tizimi huquqshunoslik, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa sohalarga oid xalqaro so‘z ча atamalarning davlat tilidagi muqobili bo‘yicha tegishli manfaatdor vazirlik va idoralarga takliflar kiritish; -taʼlimning o‘zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish bo‘yicha konsepsiya va davlat dasturlari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish; davlat tilini zamonaviy va innovatsion texnologiyalar asosida mukammal o‘rgatish jarayonini tashkil etish yuzasidan manfaatdor vazirlik va idoralarga takliflar kiritish.
Shadiyeva Xolida Turg‘unalievna
Inspeksiya boshlig'i matbuot kotibi
1985-yil 10-iyulda Fargʼona viloyati, Rishton tumanida tugʼilgan.
2007 yilda Oʼzbekiston Davlat Jahon tillari universitetini tamomlagan. Mutaхassisligi bo'yicha -Xalqaro Jurnalist
Vazifalari:
:Qiyidagilar matbuot kotibining vazifalari hisoblanadi:
:Inspeksiya faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yo‘li bilan aholiga muntazam, to‘liq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish;
:Inspeksiyada mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy taraqqiyoti jarayoni haqida axborot berish va yoritish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
:Inspeksiyaning ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini o‘rganish;
axborot siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) bilan samarali amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
:Ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish, axborot xizmatlari bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar doirasida tezkor ma’lumotlarni tarqatish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda keng aholi qatlamlarining ishtirokini ta’minlash maqsadida ekspertlar guruhini shakllantirish;
:Muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida Inspeksiya rahbarlarining chiqishlarini tashkil etish;
axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida Inspeksiya faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
:Tizim bilan birgalikda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish uchun xabar, ma’lumot, sharh va boshqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
:Inspeksiyaning faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik fikrini, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining pozitsiyasini o‘rganish, dolzarb takliflar ishlab chiqish va ular to‘g‘risida Inspeksiya rahbariyatiga axborot berib borish;
:Inspeksiya faoliyatini xorijiy ommaviy axborot vositalarida sifatli yoritish maqsadida vakolatli vazirliklar va idoralar orqali O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (bosma mahsulotlar, foto-, audio-, videomateriallar va h.k.) bilan ta’minlash;
:Inspeksiyaning vakolatiga kiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari hamda ularning tasdiqlangan matnlarini belgilangan tartibda o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtirish;
:Inspeksiyaning faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va videomateriallardan iborat ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.
:Ochiq ma’lumotlar portali, Inspeksiya faoliyatining ochiqligi holati va darajasini ta’minlash
Mamasoliev Fahriddin Ulashevich
Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish bo'limi boshlig‘i
03.07.1982 yili
Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug'ilgan
2004-yil Samarqand Qishloq xo'jaligi instituti
2014-yil Toshkent Davlat Agrar Universitetini tamomlagan
2021-2022 yil O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining
Agrotexnik tadbirlar o'tkazilishini nazorat qilish boshqarmasi bosh inspektori
2022-yil h.kora O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Qishloq ho'jaligi
agrotexnik tadbirlar o'tkazilishini nazorat qilish boshqarmasi boshlig'i
Vazifalari:
Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘limi faoliyatini boshqaradi.
Bo‘lim faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Inspeksiya Hayʼati qarorlari, buyruqlari talablari asosida amalga oshiradi.
Bo‘limga umumiy rahbarlik qilib, uning vazifalarini samarali tashkil etilishini taʼminlaydi va uning ishini to‘g‘ri tashkillashtiradi.
Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish sohasida fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash yo‘nalishida qonuniylik ahvoli va nazorat amaliyotini tizimli tahlil qilish, huquqbuzarliklarni aniqlash va bunga imkon bergan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘radi.
Mazkur sohada qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va Inspeksiya faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi.
Inspeksiya markaziy apparat tarkibiy tarmoqlari, quyi turuvchi inspeksiyalar, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunbuzilishlarning sodir etilishiga olib kelayotgan sabab va shart-sharoitlarni barham toptirishga qaratilgan taʼsirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
Davlat dasturlarining qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlar bilan bog‘liq qismini og‘ishmay ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, olib borilayotgan islohotlarga to‘siq bo‘layotgan omillar va tizimli kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etishni tashkil etadi.
Qishloq xo‘jaligini rivojlanish darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni o‘rganib borish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish sohasida qonuniylikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligini tizimli hamda tanqidiy tahlil qiladi.
Sohada o‘tkazilgan tekshirishlar hamda kelib tushgan ariza, xabar va boshqa maʼlumotlarni ko‘rib chiqib, ular bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazadi.
Murojaatlar va boshqa maʼlumotlar, monitoring va tahlillar natijalari asosida, shuningdek, Inspeksiya aralashuvi talab qilinadigan hollarda tekshirishlarni o‘tkazish hamda aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan choralar ko‘rilishini taʼminlaydi.
Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlar bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish ishlari natijalari bo‘yicha belgilangan tartibda tegishli tashkilotlarga maʼlumot taqdim etadi.
Inspeksiya rahbariyati topshirig‘iga ko‘ra boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Xudayberganov Shovkat Shukurovich
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish bo‘limi boshlg‘i
1991 yil.
Toshkent viloyati Toshkent tumanida tug‘ilgan.
2017 y.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari Universiteti (bakalavr) ni tamomlagan.
Vazifalari:
Bo‘lim boshlig‘i xizmat faoliyati davomida «O‘zagroinspeksiya» boshlig‘iga bo‘ysunadi.
Bo‘limga umumiy rahbarlik qiladi va uning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi, bo‘limga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini ta‘minlaydi, “O‘zagroinspeksiya” rahbariyati bilan kelishgan holda xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta‘minlash sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zagroinspeksiya” hay‘ati qarorlari va ish rejalarni, “O‘zagroinspeksiya” Nizomi, “O‘zagroinspeksiya” Reglamenti va “O‘zagroinspeksiya” boshlig‘ining buyruq va ko‘rsatmalari so‘zsiz ijro etilishini ta‘minlaydi.
Bo‘lim faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zagroinspeksiya”si hay‘ati qarorlari, nizomi, Vazir va “O‘zagroinspeksiya” boshlig‘ining buyruqlarining to‘laqonli bajarilishini nazorat qiladi.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta‘minlash sohasidagi faoliyatning nazorat qilinishi, muvofiqlashtirilishini, uslubiy hamda amaliy ta‘minotini amalga oshiradi.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini sohasida idoralararo hamkorlikni tashkillashtirilishi va muvofiqlashtirilishini ta‘minlaydi.
Dasturlar, uslublar, texnik vositalar asosida “O‘zagroinspeksiya” faoliyatida axborot xavfsizligini va ma‘lumotlarning kompleks himoyasini ta‘minlash choralarini ko‘radi, axborot xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat va monitoringni amalga oshiradi.
“O‘zagroinspeksiya”ning Axborot kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasining uzluksiz faoliyat yuritishi va rivojlantirib borilishi, server va tarmoq qurilmalari hamda kompyuter texnikalariga texnik xizmat ko‘rsatilishi ustidan nazorat olib boradi.
O‘tbosarov Ulug‘bek O‘ktam o‘g‘li
Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i
1996 yilda
Sirdaryo viloyati, Guliston tumanida tug‘ilgan
Tamomlagan:
2018 y. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti,
2022 y. Guliston davlat universiteti
muxandis, iqtisodchi
Vazifalari:
:Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i bo‘limga umumiy rahbarlik qilib, uning vazifalarini samarali tashkil etilishini ta’minlaydi.
:Bo‘lim umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, bo‘lim xodimlarining xizmat va ijro intizomiga rioya qilishlari ustidan nazorat qiladi hamda bo‘lim faoliyatini Inspeksiya markaziy apparati (keyingi o‘rinlarda - Markaziy apparat deb yuritiladi) tizimidagi boshqa tarmoqlar bilan muvofiqlashtiradi.
:Inspeksiyada davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilikning ijrosini ta’minlaydi.
:Kadrlarni saralash va tanlash, davlat fuqarolik xizmatchilariga davlat fuqarolik xizmati lavozimlari malaka darajalari berish hamda xizmat tekshiruvlari o‘tkazish bo‘yicha komissiyalarning faoliyatini tashkil etadi.
:Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan xizmat majburiyatlarining bajarilishini va davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlarga rioya etilishini nazorat qiladi.
:Bo‘lim boshlig‘i o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Inspeksiya hay’ati, Inspeksiya boshlig‘ining buyruq va farmoyishlariga hamda mazkur Yo‘riqnomaga amal qiladi.
:Bo‘lim xodimlari tomonidan lavozim yo‘riqnomasida belgilangan vazifalarning ijro etilishi va ishning tashkillashtirilishini nazorat qiladi.
:Inspeksiya va uning hududiy boshqarmalarida talab qilingan kasblar, mutaxassisliklar va malakalar bo‘yicha kadrlar bilan ta’minlashi yuzasidan ish olib boradi, kadrlarni tanlash, saralash va joy-joyiga qo‘yish ishida qatnashadi.
:Joriy va istiqboldagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, bo‘sh ish o‘rinlarini to‘ldirish va xodimlarni yuqori lavozimlarga tavsiya qilish bo‘yicha kadrlar zaxirasini yaratadi.
:Kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish manbalarini aniqlash, o‘quv yurtlari bilan bevosita aloqalar o‘rnatish, turdosh faoliyat yurituvchi tashkilotlar bilan munosabatlar yuritish maqsadida mehnat bozorini o‘rganadi, Inspeksiya kadrlar siyosatiga oid istiqbolli va joriy rejalarni ishlab chiqishda qatnashadi.
:Qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarni attestatsiyasini tashkil etilishini ta’minlaydi.
:Yosh mutaxassislarni tegishli tarkibiy tarmoq rahbarlari bilan birgalikda ularni amaliyot o‘tashi va mehnat faoliyati yuritishida ko‘nikma hosil qilishini tashkillashtiradi.
:Xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish, shuningdek, o‘qitish samarasini baholash bo‘yicha takliflar tayyorlashda ishtirok etadi.
:Mehnat qonunchiligi, tegishli Nizom va Yo‘riqnomalar hamda Inspeksiya boshlig‘ining buyrug‘i asosida xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzish, boshqa lavozimga o‘tkazish va mehnat shartnomalari bekor qilinishini o‘z vaqtida rasmiylashtirilishi, xodimlar hisobining yuritilishi, ularning avvalgi va hozirgi mehnat faoliyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berilishi, mehnat daftarchalarining to‘ldirilishi va saqlanishi (elektron bazaning yuritilishi), kadrlarga oid boshqa hujjatlarning rasmiylashtirilishi va yuritilishini nazorat qiladi.
:Xodimlarni mukofotlash va rag‘batlantirishga taqdim etish uchun hujjatlarni tayyorlanishi, mukofotlar, rag‘batlantirishlar va intizomiy jazolar hisobining yuritilishini nazorat qiladi.
:Bo‘lim xodimlarining moddiy-texnika va ma’lumotlar bazasini yangilash bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritadi, ish faoliyatiga zamonaviy avtomatlashtirilgan elektron tizimlarni tadbiq etadi.
:Bo‘lim faoliyatini muntazam tahlil qilish, uni yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
:Mehnat ta’tili jadvali tuzilishi va bajarilishini tashkillashtiradi.
:Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi va qonuniy hal etilishini ta’minlaydi.
:Fuqarolarni qabul qiladi.
:Xodimlarni mehnat intizomi, ichki mehnat tartibi va odob-ahloq qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat olib borilishini ta’minlaydi, mehnat intizomini mustahkamlash borasida tadbirlar ishlab chiqadi.
:Mehnat intizomi, ichki tartib-qoidalari buzilgan har bir holatni chuqur va xolisona ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.
:Xizmat tekshiruvi o‘tkazilishini tashkillashtiradi.
:Jamoada sog‘lom ishchan muhitini yaratishda ishtirok etadi.
:Bo‘lim faoliyatida texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilinishini ta’minlaydi.
Abdujapparov Kaxramon Sulaymanovich
Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis
Abdujapparov Qahramon Sulaymanovich
O‘zagroinspeksiyaning murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi
28.07.1987 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan
2011-yil Toshkent davlat moliya institutini tamomlagan
Vazifalari
Inspeksiya markaziy apparatiga kelib tushgan murojaatlarni qabul qilinishini ta’minlaydi, ro‘yxatga oladi, ularni Inspeksiyaning vazifalari va faoliyat yo‘nalishlariga qarab taqsimlaydi, mas’ul ijrochilarga yetkazadi;
Inspeksiya markaziy apparatida fuqarolarni qabul qilish, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq ishlarni tashkil qilish, kelib tushgan ariza, taklif va shikoyatlarni muddatida ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi;
Murodov Rustamjon Mamadjanovich
Meʼyoriy hujjatlar ijrosini nazorat qilish, sertifikatlash va metrologiya bo‘yicha bosh mutaxassis
TARJIMAYI HOL
1988-yil 24 iyunda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan.
2009-yil Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti (bakalavr)
2011-yil Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti (magistratura) tamomlagan.
2011-2015 yillar Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti uslubchi, stajor-tadqiqotchi-izlanuvchi, assistent, katta ilmiy xodim-izlanuvchi.
2015-2018 yillar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston “Sifat” markazida ilmiy texnikaviy axborotlar bo‘yicha muhandis, standartlashtirish bo‘yicha muhandis, meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish va metrologiya bo‘limining standartlashtirish bo‘lim boshlig‘i - sifat bo‘yicha menejer, standartlashtirish va meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish guruhi rahbari - sifat bo‘yicha menejer.
2018-2019 yillar O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Paxta xom-ashyosi va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi katta inspektori.
2019-2023 yillar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Paxtaxom-ashyosi va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi katta inspektori.
2023-2024 yillar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Paxta xom-ashyosi, don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi.
VAZIFALARI:
- Bo‘limga umumiy rahbarlik qiladi va uning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi, bo‘limga yuklatilgan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini taʼminlaydi;
- Inspeksiyaning quyi tizimlaridagi soha mutaxassislarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar kiritadi;
- Sohani takomillashtirish, bo‘lim faoliyati samaradorligini oshirish va amaliyotdagi mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar hamda uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqadi;
- Texnik jihatdan tartibga solish hamda sertifikatlash va metrologiya sohasidagi normativ- hujjatlar ijrosini nazorat qiladi hamda MJTKning 212,213,214-moddalariga muvofiq maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtiradi;
- Meʼyoriy hujjatlar ijrosini nazorat qilish, sertifikatlash va metrologiya sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi, amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilib, ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni takomillashtirish va samaradorligini oshirishga doir topshiriq, ko‘rsatma va takliflar tayyorlaydi;
- Sohada yangi usullar, mobil (ko‘chma) laboratoriyalar bilan zamonaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi va avtomatlashtirilgan innovatsion elektron o‘lchash vositalari, qiyoslash uskunalari joriy etilishi yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritadi;
- Idoraviy bo‘ysunuvidan va mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi, qayta ishlovchi, saqlovchi hamda realizatsiya qiluvchi korxonalar faoliyatida texnik reglamentlar hamda meʼyoriy hujjatlar ijrosini nazorat qiladi;
- Mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, qayta ishlovchi korxonalar tomonidan texnik chigitni to‘liq texnologik siklda (mag‘izni yanchish, gidrotermik ishlov berish, presslash, ekstraksiyalash, rafinatsiyalash, dezodoratsiyalash va qadoqlash) maqsadli qayta ishlanganligi va mahsulot sifatini tasdiqlovchi gigiyenik xulosaning mavjudligi hamda texnik reglament va standartlar bilan belgilangan majburiy talablarga muvofiqligi taʼminlanganligi ustidan nazorat qiladi;
- Akkreditatsiyalangan, attestatsiyalangan sinov laboratoriyalarda foydalaniladigan sinash hamda o‘lchash vositalarini, jihozlarini vakolatli organ tomonidan qiyoslashdan, attestatsiyadan o‘tkazilishi, sinov reaktivi va preparatlarning texnik reglamenti hamda meʼyoriy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
- Mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari va ularni sinash usullariga talablar o‘rnatuvchi standartlarining amaldagi milliy, xorijiy va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilishi bo‘yicha texnik qo‘mitalarga va vakolatli tashkilotlarga ko‘rsatma va takliflar beradi;
- Belgilangan akkreditatsiyalash doirasida ko‘rsatiladigan xizmatlarda o‘lchashlari birligi va aniqligini taʼminlanishi, sinov vositasi va jihozlarini, xodimlarini attestatsiyalanishi, sinovlarning bajarish sifatini hamda o‘lchovlarini bajarish uslubiyotlarini ishlab chiqilishini nazorat qiladi;
- «O‘zagroinspeksiya» tizimidagi sertifikatlash organlari va laboratoriyalarida texnik tartibga solish, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga, o‘lchashlaming yagona birlikda bo‘lishini va o‘lchashlarining to‘g‘riligini taʼminlash, sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi;
- «O‘zagroinspeksiya» vakolatlari doirasida o‘tkazilgan tekshirishlar hamda sohaga oid kelib tushgan murojaatlar, xabar va boshqa maʼlumotlarni ko‘rib chiqib, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida meʼyoriy hujjatlar ijrosini taʼminlanishi yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazadi;
- Quyi tizimlar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv materiallari yuzasidan qabul qilingan qarorlarning qonuniyligini o‘rganadi;
- Sohada aniqlangan qonunbuzarlik holatlari yuzasidan taʼsir choralari qo‘llaydi, ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar beradi, qonun buzilishiga sabab bo‘lgan omil va shart-sharoitlarni barham toptirishga qaratilgan taʼsirchan chora- tadbirlarni ishlab chiqadi va ijrosini nazorat qiladi;
- Fuqarolarni qabul qiladi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
- Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va boshqa maʼlumotlar, monitoring va tahlillar natijalari asosida, shuningdek, («O‘zagroinspeksiya» tizimlari o‘z tashabbusi bilan aralashuvi talab qilinadigan hollarda) profilaktik tadbirlar, tekshirishlar o‘tkazish, aniqlangan qonun buzilishlar yuzasidan choralar ko‘rish bo‘yicha «O‘zagroinspeksiya» rahbariyatiga taklif kiritadi;
- Qonunchilikni targ‘ib qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, idoraviy va normativ - huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
- Xodimlar malakasini oshirish yuzasidan tadbirlar o‘tkazish, ijobiy ish tajribalarini o‘rganish va ommalashtirish yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritadi;
- «O‘zagroinspeksiya» rejalariga takliflar kiritadi, ularning ijrosini taʼminlaydi;
- Belgilangan muddatlarda statistik hisobotlarni tuzadi va amalga oshirilgan ishlar haqida «O‘zagroinspeksiya» rahbariyatiga muntazam axborot berib boradi;
- Bo‘limda ish yuritilishini Inspeksiya idoraviy hujjatlari asosida olib borilishini tashkil etadi va nazorat qiladi;
- «O‘zagroinspeksiya» rahbariyati topshirig‘iga ko‘ra boshqa vazifalarni amalga oshiradi;
- «O‘zagroinspeksiya»ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat boshqarmalarining sohaga oid faoliyati yuzasidan bo‘lim vakolatidagi masalalar yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatadi.