Ру Ўз O`z En

"Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" Davlat unitar korxonasi

Tizim tashkilotining rasmiy veb sayti - http://agroxizmat.uz/oz-OZ 

Rahbariyat: Karimov Jahongir Djumabayevich

Lavozimi: Direktor

Qabul kunlari: Dushanba va Chorshanba

Bog'lanish uchun telefon raqami: +998 71 244-87-51

E-mail manzil: info@agroxizmat.uz

Faoliyat turi:  Agrosanoat majmuida davlat xizmatlarini ko‘rsatish, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifati va xavfsizligini taʼminlash sohasida ilm-fan va innovatsiyaga asoslangan ilmiy va tajribali eksperimental tadqiqotlarni olib borish, Markazning ilmiy salohiyatini oshirish, moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish va yangi turdagi xizmat turlarini keng joriy etish ustuvor maqsadidir.

Funksiya va vakolatlari:  Mahsulotlarga muvofiqlik va sifat sertifikatlari, sinov bayonnomalari, tahlil natijalari hamda baholash xulosalarini berish ishlarini bajarish; sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshirish; akkreditatsiya doirasiga muvofiq sinov jihozlari va o‘lchov vositalarini metrologik attestatsiyadan va qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish; paxta tolasi shiradorligini aniqlash, paxta tolasi va momig‘i toylari massasini o‘lchash xizmatlarini amalga oshirish; paxta tozalash va yog‘-moy sanoati korxonalari, paxta mahsulotlarining xaridorlari hamda boshqa tashkilotlar uchun sertifikatlanadigan paxta mahsulotlari tashqi ko‘rinishi namunalarini tayyorlash, restavratsiya qilish va ular bilan taʼminlash, urug‘lik tayyorlovchi subyektlarda qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini tozalash saralash (urug‘lik chigitda – tuksizlantirish), kalibrlash, dorilash va qadoqlash jarayonlarida har 2 (ikki) soatda zaruriy ekinboplik sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash va boshqa vazifalarni bajaradi.

Text to speech