Ishga qabul qilish tartibi va yaratilgan sharoitlar
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi bo‘sh ish o‘rinlariga taklif qiladi.
Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmuasi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tizimiga ishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida” Qonuni hamda Mehnat kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-oktabrdagi PF–5843-son Farmoni talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tizimidagi bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
- “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan foydalangan holda “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (vacancy.argos.uz) dasturiy-apparat kompleksiga;
- Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining rasmiy veb-saytiga va ijtimoiy tarmoqlardagi e’lon sahifalariga joylashtiriladi.
Yoshi, millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy va mansab mavqeyidan qat’iy nazar, o‘zlarining kasbiy, ishbilarmonlik, shaxsiy va axloqiy fazilatlar hamda ma’lumot darajasiga ega, shunindek, davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash huquqi qonunchilik bilan cheklanmagan va tegishli lavozimni egallash uchun malaka talablariga javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tizimiga ochiq mustaqil tanlov orqali ishga qabul qilinadi.
Bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar)ga ishga kirish uchun tanlovda ishtirok etish:
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (https://data.egov.uz/author/report/6111121adb32b99538e0822c) orqali amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun telefonlar:
(71) 202-12-06 (110)
(71) 202-12-26 (115)
Inspeksiya tizimidagi lavozimlar uchun belgilangan malaka talablari bilan tanishish