Sayt (veb-sayt, Internet-sayt) – doimiy ravishda Internetga ulangan maxsus kompyuterlarda (veb-serverlarda) joylashtirilgan ma’lumotlarga (veb-sahifalarga) ega fayllar to‘plami. Shu sababli, internetga kirish imkoniga ega bo‘lgan har bir kishi uchun mavjud.
Bosh sahifa – veb-saytning bosh sahifasi.
Boshqarma va bo‘linmalari – “O‘zagroinspeksiya” va uning idoraviy mansub tashkilotlari bo‘linmalari ro‘yxati.
Ochiq ma’lumotlar – mualliflik huquqi, patentlar va boshqa nazorat mexanizmlarining cheklovlarisiz mashinada o‘qiladigan foydalanish va keyingi nashr qilish uchun ma’lum ma’lumotlarga erkin kirish imkoniyatini aks ettiruvchi tushuncha.
Fuqarolarning murojaatlari – murojaatingizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoev Shavkat Miromonovichning virtual qabulxonasi pm.gov.uz orqali qoldirishingiz mumkin.
FAQs (tez-tez so‘raladigan savollar) – foydalanuvchilarning tez-tez so‘raladigan savollariga javoblar ro‘yxati.
Ishonch telefoni – fuqarolarning telefon orqali murojaatlarini tun-u kun va uzluksiz qabul qilish.
Saytning mobil versiyasi – agar siz mobil telefondan foydalanayotgan bo‘lsangiz va saytning o‘zi buni aniqlamagan bo‘lsa, unda siz saytning mobil versiyasi agroinspeksiya.uz ga o‘tishingiz mumkin.
Inspeksiya- muayyan soha qaramog‘idagi organlar va shaxslar faoliyatining to‘g‘riligini nazorat qiluvchi va tekshiruvchi tizim.
Inspektor- muayyan sohaga qarashli organ va shaxslar faoliyatining to‘g‘riligini yoki mavjud qonunlarning amalga oshirilishini nazorat qiluvchi mansabdor shaxs.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt- mulk shaklidan qat’iy nazar, korxonalar va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar.
Tadbirkorlik sub’ekti- Belgilangan tartibda davlat ro‘yxtidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar.
Normativ-huquqiy hujjat – bu qonun hujjatlarida belgilangan shaklda qabul qilingan, qonun hujjatlari normalarini umumiy majburiy davlat qoidalari sifatida belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat.