Ру Ўз O`z En

Axborot xizmati

(MATBUOT XIZMATI) JAMOATChILIK BILAN ALOQALAR VA HUQUQIY AXBOROT BO‘LIMINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

Bo‘lim quyidagi huquqlarga ega:

      * bo‘limda ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar, ma’lumot, hulosalar va boshqa axborotlarni boshqa tarkibiy bo‘linmalardan, hududiy boshqarma va bo‘limlardan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan va boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;

      * inspeksiya tizimida bo‘limga yuklatilgan masalalarini o‘rganish, tahlil (monitoring) qilish, belgilangan tartibda tekshirishlarni amalga oshirish;

     * o‘rganish, tahlil (monitoring) yoki tekshirish natijalari bo‘yicha belgilangan tartibni buzayotgan xodimlarni javobgarlikka tortish, shuningdek qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish to‘g‘risida rahbariyatga takliflar kiritish;

     * axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari bilan belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qilish;

     * Rahbariyat topshirig‘i asosida, davlat va xo‘jalik boshkaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish, ushbu idoralar yig‘ilishlarida belgilangan tartibda ishtirok etish;

    *  qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun Inspeksiyaning rahbariyati bilan kelishgan holda boshqa xodimlarni, zarur hollarda davlat organlari va nazorat qiluvchi organlar mutaxassislari, malakali ekspertlari hamda ularning vositalarini jalb etish;

     * vakolatiga kiradigan masalalar buyicha metodik materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;

     * xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar va yig‘ilishlarda, shuningdek, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi xalqaro va mahalliy loyihalarda ishtirok etish;

     * O‘zbekiston Respublikasi Prezidenta, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa davlat organlari ko‘rib chiqishi uchun axborot siyosatini, qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish masalalari bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar kiritish;

     * o‘z vakolatlari doirasida bosma nashrlarni nashr etish;

    Bo‘lim qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

 Bo‘lim:

- o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;

    Inspeksiya faoliyatining milliy va xorijiy OAVda xolisona, sifatli va tezkor yoritilishining ta’minlanishi uchun javob beradi.

    Bo‘lim qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Text to speech