Bugungi kunda paxta korxonasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar (tola, ulyuk, lint va momiq) O‘z DSt 641:1997 talablari asosida o‘rab, tamg‘a (upakovka, markirovka) qo‘yilgan holda yopiq omborlarda saqlanmoqda.
Qayta ishlashdan olingan paxta texnik chigitlari toza, turli hidlardan holi aktiv ventilyatsiyasi bor yopiq omborlarda sanoat navlari va seleksiyalari alohida-alohida g‘aramlarda saqlanib xaridorlarga jo‘natilmoqda.
Xususan, joriy yilda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida 148 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 6,3 ming tonna paxta yetishtirildi. Qimmatbaho sanoat xom-ashyosining o‘zagini tashkil etuvchi – urug‘lik paxta yetishtirishga ham tumanda alohida eʼtibor qaratilmoqda. Maʼlumotlarga ko‘ra, Kosonsoy tumanida jami 4 ta fermer xo‘jaligi urug‘chilik yo‘nalishida 2024 yilda jami 97,4 tonna hosil yetishtirilgan va ayni kunlarda uning barchasi yig‘ishtirib olindi. Tumandagi “Namangan paxta teks” klasteriga qarashli 1 ta qabul punktlarida ularni qabul qilish, g‘aramlash va saqlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugungi kungacha jami 97,4 tonna, shundan zaxira fondga 97,4 tonna urug‘lik paxta jamg‘arilgan. 97,4 tonna urug‘lik paxtadan 51,2 tonna urug‘lik chigit jamg‘arish prognoz qilinmoqda. Alohida ajratilgan to‘plamlardagi paxta “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasi va O‘z DSt 642:2013 Urug‘lik paxta. Texnikaviy shartlar davlat standartlari asosida saqlanishi taʼminlanyapti. Bu jarayon «O‘zagroinspeksiya»ning Namangan viloyati boshqarmasi mutaxassislari tomonidan doimiy monitoring qilib borilmoqda. Bunda asosiy eʼtibor fermer xo‘jaliklaridan qabul qilib olingan urug‘lik paxta 48-49 tonnadan qilib seleksion navi, avlodi, nav tozaligi, dala guruhi, sanoat navi, kelib chiqishi, sinfiga qarab alohida-alohida to‘dalarga to‘planishiga qaratilgan.
Paxta xom-ashyosi va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish sho‘basi boshlig‘i
Voxobov Ibroximjon Ismoilovich