Ру Ўз O`z En

YIDXP orqali  murojaatlar soni ortib bormoqda.

24 Dekabr 2024 163

Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari holatini nazorat qilish sohasida jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish O‘zagroinspeksiyaning asosiy vazifalaridan biridir.

2023 yil 1 sentyabridan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarga Inspeksiya tomonidan ko‘rsatiladigan 6 turdagi quyidagi davlat xizmatlaridan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali foydalanish imkoniyati  yaratildi:

✅ Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish (https://my.gov.uz/uz/service/842);

✅ Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish     (https://my.gov.uz/uz/service/846);

✅ Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini ro‘yxatda turganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma olish (https://my.gov.uz/uz/service/849);

✅ Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini hisobdan chiqarish uchun ariza yuborish (https://my.gov.uz/uz/service/847);

✅ Traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish yoki yo‘qolgani o‘rniga yangisini olish (https://my.gov.uz/uz/service/860);

✅ Traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish (https://my.gov.uz/uz/service/861).

Ushbu xizmatlarning ishga tushirilishi natijasida jismoniy va yuridik shaxslarning Inspeksiyaga kelib o‘tirmasdan, murojaatlarni elektron jo‘natish, shuningdek, ayrim xizmatlardan real vaqt rejimida elektron foydalanish imkoniyati yaratildi.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 130 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlar ijrosi o‘z muddatida taʼminlandi.

Xususan, qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 64 ta, qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini ro‘yxatda turganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma olish uchun 54 ta, qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini hisobdan chiqarish uchun ariza yuborish uchun 7 ta va qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 5 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlar ijrosi o‘z muddatida taʼminlangan.

Text to speech