Ру Ўз O`z En

Qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirishlar yuzasidan targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.

26 Dekabr 2024 74

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 14.11.2024-yilda qabul qilingan PF-184-sonli Farmoniga asosan 2025 yil 1 yanvaridan boshlab nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibida amalga oshirilishi belgilandi.

Bundan tashqari, tekshiriladigan tadbirkorlik subyekti aniq bo‘lmagan holatlarda, shuningdek, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligiga, davlat manfaatlariga, atrof-muhitga zarar yetkazish xavfining tezkor oldini olish yoki bartaraf etish maqsadida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar tekshiruv boshlangandan so‘ng 24 soat ichida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibida amalga oshirish tartibi joriy etildi.

Shu munosabat bilan Inspeksiyaning Xorazm viloyat boshqarmasi xodimlari hamda Urug‘chilikni rivojlantirish markazi davlat muassasi Xorazm viloyat bo‘limi xodimlari o‘rtasida o‘zaro huquqiy targ‘ibot soati o‘tkazildi.

Tadbirda Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi yuridik taʼminlash bo‘yicha bosh mutaxassisi U.Hayitboyev, Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirilishi va taʼminotini nazorat qilish sho‘basi mutaxassislari hamda Urug‘chilikni rivojlantirish markazi davlat muassasasi Xorazm viloyat bo‘limi xodimlari ishtirok etdilar.

Xususan, tadbirning ochilish qismida U.Hayitboyev va D.Qutlimuratovlar tomonidan kelgusi yilning dastlabki kunlaridanoq urug‘lik yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektlarida o‘tkaziladigan tekshirishlarda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan Prezident Farmoni talablariga rioya qilgan holda amalga oshirish yuzasidan maʼlumot berib o‘tildi.

Kelgusi yil hosili taqdirini belgilovchi urug‘ning sifatli bo‘lishini taʼminlashda o‘tkaziladigan nazorat tadbirlarida ayni shu soha vakillarining hamkorligi juda muhim bo‘lib, bu borada o‘tkaziladigan tekshirishlarda qonunchilik talablariga rioya etilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Targ‘ibot tadbirlari qizg‘in munozaralar va savol javobga boy tarzda, ko‘tarinki kayfiyatda boshlanib, bu kabi tadbirlar soha vakillari ishtirokida doimiy tarzda o‘tkazilishi borasida kelishib olindi.

 

O‘zagroinspeksiyaning Xorazm viloyat boshqarmasi

Yuridik taʼminlash bo‘yicha bosh mutaxassis - U.Hayitboyev,

Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirilishi va

taʼminotini nazorat qilish sho‘basi mutaxassisi-D.Qutlimurat

Text to speech