Ру Ўз O`z En

Xalqaro aloqalar

AGROINSPEKSIYA XODIMLARI XALQARO SEMINARDA ISHTIROK ETISHDI

Xitoy Xalq Respublikasining Savdo vazirligi tomonidan 2021 - yilning 3-16 noyabr kunlari Sovid-19 pandemiyasi davrida oziq ovqat xavfsizligini taʼminlash, Gibrid guruch va butun dunyo oziq ovqat xavfsizligi, Mamlakatda yetishtiriladigan asosiy oziq-ovqat ekinlarining holati, jahon oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va isteʼmol qilish, Xitoy don zaxiralari tizimi va siyosati mavzusida xalqaro seminar tashkil etildi.

 

Seminarda Huquqiy – taʼminlash va xalqaro -huquqiy munosabatlar bo‘limi katta inspektori S.Akbarov hamda Paxta xom-ashyosi va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi katta inspektori A.Hamdamovlar ishtirok etishdi.

Tadbirda Yuqoridagi mavzular yuzasidan maʼruzalar tinglanib, Xunan hamda Guanshan viloyatlaridagi ishlab chiqarish korxonalariga virtual sayohat uyushtirildi.

Mazkur seminarda S.Akbarov O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ishlar mavzusida maʼruza qilgan bo‘lsa, A.Hamdamov tadbir jarayonidagi savol-javoblarda faol ishtirok etdi. Seminar yakuni bo‘yicha Inspeksiya tomonidan ishtirok etgan xodimlarga Xitoy savdo vazirligi tomonidan sertifikatlar taqdim etildi.

Agroinspeksiya Axborot xizmati

Text to speech