Ру Ўз O`z En

Paxta xom-ashyosi,don,urug'lar va ularni qayta ishlash

“Paxta xom ashyosi, don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan

mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish boshqarmasi to‘g‘risida”gi

NIZOM

I.UMUMIY QOIDALAR

 

Paxta xom-ashyosi, don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish boshqarmasi (keyingi matnda – boshqarma deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi matnda - Inspeksiya deb yuritiladi) mustaqil tarkibiy tarmog‘i hisoblanadi.

Boshqarmada:

– Paxta xom ashyosi va undan qayta ishlangan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi;

– Don, urug‘lar va ulardan qayta ishlangan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi faoliyat ko‘rsatadi.

Boshqarma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, Inspeksiya hay'ati qarorlari, Inspeksiya boshlig‘ining buyruqlari hamda mazkur Nizom talablari asosida amalga oshiradi.
Boshqarmada (tezkor) yig‘ilishlar o‘tkazib boriladi, alohida muhim masalalar Inspeksiya hay'ati majlislarida muhokama qilinishi mumkin.
Boshqarma belgilangan vakolatlari doirasida o‘z faoliyatini Inspeksiya markaziy apparatining (keyingi matnda - markaziy apparat deb yuritiladi) tarkibiy tarmoqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari, tuman bo‘limlari (keyingi matnda – quyi turuvchi inspeksiyalar deb yuritiladi), Inspeksiya qoshidagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi matnda
– unitar korxona deb yuritiladi), shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda tashkil etadi.
Boshqarma xodimlari quyi turuvchi inspeksiyalar paxta xom-ashyosi, don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish tarmoqlari (keyingi matnda - quyi tarmoqlar deb yuritiladi) faoliyatini nazorat qilish, muvofiqlashtirish, ularga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan shaxsan javobgardirlar.
Quyi tarmoqlar o‘z faoliyatlarini mazkur Nizom talablari asosida amalga oshiradilar.

 

II. BOShQARMANING ASOSIY VAZIFALARI

 

Inspeksiya tizimida paxta xom-ashyosi, don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, Inspeksiya hay'ati qarorlari va ish rejalari, Inspeksiya boshlig‘ining buyruq va ko‘rsatmalari ijrosini qat'iy ta'minlash.

Mazkur sohada quyi turuvchi inspeksiyalar faoliyatini nazorat qilish, muvofiqlashtirish, uslubiy va amaliy ta'minlash;

Paxta xom-ashyosi, don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish sohasida fuqarolarning huquq
va erkinliklari, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash yo‘nalishida qonuniylik ahvoli va nazorat amaliyotini tizimli tahlil qilish, huquqbuzarliklarni aniqlash va bunga imkon bergan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish.

Mazkur sohada qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va Inspeksiya faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

Markaziy apparat tarkibiy tarmoqlari, quyi turuvchi inspeksiyalar, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunbuzilishlarning sodir etilishiga olib kelayotgan sabab va shart-sharoitlarni barham toptirishga qaratilgan ta'sirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining paxta xom-ashyosi, don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish sohasini isloh qilish bilan bog‘liq qismini og‘ishmay ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, olib borilayotgan islohotlarga to‘siq bo‘layotgan omillar va tizimli kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish;
Fermer va dehqon xo‘jaliklarining, shuningdek, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash sohasidagi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning sohadagi tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama huquqiy qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish;
Qonun hujjatlari talablariga muvofiq paxta xom-ashyosini va boshoqli don, qabul qilish, saqlash va qayta ishlash bo‘yicha faoliyat ko‘rsatuvchi tashkilotlarda, shu jumladan davlat buyurtmasi parametrlariga muvofiq mahsulotlarini ishlab chiqarilishi, shartnomaviy majburiyatlarni bajarilishi, saqlanishi, sotilishi va import qilinishi;
Davlat buyurtmasiga mos hajmlarda paxta xom ashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtirilishini moliyalashtirish mexanizmi, o‘zaro hisob-kitoblarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini;
Davlat resursi va davlat zaxirasiga topshirilgan paxta xom ashyosi va boshoqli don ekinlari urug‘lari va ulardan qayta ishlangan ma

Text to speech