Ру Ўз O`z En

Matbuot xizmati nizomi

O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat

majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining

“Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi

to‘g‘risida”gi

NIZOMI

 

I.UMUMIY QOIDALAR

 

  1. Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi (keyingi matnda - bo‘lim deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi matnda - Inspeksiya deb yuritiladi) mustaqil tarkibiy tarmog‘i hisoblanadi.
  2. Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, Inspeksiya hay’ati qarorlari, Inspeksiya boshlig‘ining buyruqlari hamda mazkur Nizom talablari asosida amalga oshiradi.
  3. Bo‘limda (tezkor) yig‘ilishlar o‘tkazilib boriladi, alohida muhim masalalar Inspeksiya hay’ati majlislarida muhokama qilinishi mumkin.
  4. Bo‘lim belgilangan vakolatlari doirasida o‘z faoliyatini Inspeksiyaning tarkibiy tarmoqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari, tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari (keyingi matnda - quyi turuvchi inspeksiyalar deb yuritiladi), Inspeksiya qoshidagi “Agrosanoat majmuida xizmat ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi matnda -unitar korxona deb yuritiladi), shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari (keyingi matnda - OAV) bilan hamkorlikda tashkil etadi.
  5. Bo‘lim quyi turuvchi inspeksiyalar hamda unitar korxonaning jamoatchilik bilan aloqalarni ta’minlash va huquqiy axborotni yetkazish sohasidagi faoliyatini nazorat qilish, muvofiqlashtirish, ularga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan shaxsan javobgardirlar.

Bo‘lim hamda uning quyi tarmoqlari xodimlari tegishlicha Markaziy apparat va quyi turuvchi inspeksiyalar nomidan OAVga bayonotlar berishga mas’ul hisoblanadi.

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha bosh inspektorlari (keyingi matnda - quyi tarmoqlar deb yuritiladi) o‘z faoliyatlarini mazkur Nizom talablari asosida amalga oshiradi.                                                                                                                                                                              I. II. BO‘LIMNING ASOSIY VAZIFALARI:

 

  1. Jamoatchilik bilan aloqalarni ta’minlash va huquqiy axborotni yetkazish sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Inspeksiya hay’ati qarorlari va ish rejalari, Inspeksiya boshlig‘ining buyruq va ko‘rsatmalari ijrosini qat’iy ta’minlash.

Mazkur sohada quyi turuvchi inspeksiyalar faoliyatini nazorat qilish, muvofiqlashtirish, uslubiy va amaliy ta’minlash;

  1. Inspeksiyaning jamoatchilik bilan aloqalarni ta’minlash va huquqiy axborotni yetkazish sohasidagi faoliyatini qonuniylikning holatiga ta’sirini tahlil qilib, faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritish;
  2. Qishloq va suv xo‘jaligi sohasida qonuniylikni mustahkamlash, qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish borasidagi faoliyatiga oshkoralik berish.

Keng jamoatchilikning Inspeksiya tizimiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Inspeksiya faoliyati haqida materiallar tayyorlashda OAVga har tomonlama yordam ko‘rsatish, Inspeksiya tadbirlarida ishtirok etish uchun OAV vakillarini keng jalb qilish.

Inspeksiya xodimlari ishtirokida qonuniylik va sohadagi huquq- tartibotni ta’minlashning dolzarb masalalari bo‘yicha brifinglar, matbuot anjumanlari, seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar va boshka tadbirlarni tashkil etish hamda o‘tkazish;

  1. OAV va keng jamoatchilikni Inspeksiyaning faoliyati, qishloq va suv xo‘jaligi sohasida qonuniylikning holati va sohadagi huquq-tartibot masalalari, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurash hamda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini tiklash yuzasidan ko‘rilgan choralar, nazorat tadbirlari, shuningdek, Inspeksiyaning xalqaro-huquqiy hamkorligi haqida muntazam xabardor qilib borish.

Rasmiy xabarlar, Inspeksiya tomonidan o‘tkaziladigan dolzarb va muhim tadbirlar haqida axborotlarni tayyorlash, ularga yakuniy fikr berish va OAV orqali o‘z vaqtida tarqatish.

Favqulodda hodisalar, shuningdek, keng omma muhokamasiga sabab bo‘lgan ishlar, shu jumladan ma’muriy ishlar natijalari haqida OAVga bayonotlar berish orqali jamoatchilikni tezkorlik bilan xabardor qilib borish;

            11.Jamiyatda hududiy madaniyatni yuksaltirish, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni, mohiyati va ahamiyatini aholi hamda bevosita ijrochilarga yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Targ‘ibot tadbirlarining qonuniylik va har bir hudud va sohaning хususiyatlarini inobatga olgan holda, shuningdek, jamiyatni isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari va eng muhim ijtimoiy-siyosiy vazifalaridan kelib chiqib, sifatli amalga oshirilishini ta’minlash.

Konunchilik targ‘iboti tadbirlariga tegishli mutaxassislar va jamoatchilik vakillarini jalb qilish choralarini ko‘rish;

  1. Inspeksiya rasmiy veb-saytining uzluksiz ishlashini ta’minlash, uning holati va joylashtirilgan axborotlarning dolzarbligi ustidan nazoratni amalga oshirish.

Veb-saytda mavjud ma’lumotlarni tizimli ravishda yangilab borish, unga rasmiy xabarlar, press-relizlar, audio va video materiallar, axborotlar hamda Inspeksiya faoliyatiga aloqador boshqa ma’lumotlarni joylashtirish;

  1. Inspeksiyaning fuqarolik jamiyati institutlari va jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish;
  2. Inspeksiya xodimlarini qonunchilikdagi yangiliklar va amaldagi qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar haqida xabardor qilish.

Inspeksiyada normativ-xuquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manbalarga obunani tashkillashtirish;

  1. Bosma va elektron OAVning kunlik xabarlari monitoringini amalga oshirish, Inspeksiya haqida jamoatchilik fikri, shuningdek, respublika hamda xorijiy OAVda yoritilgan materiallarni tahlil qilish hamda Inspeksiya rahbariyatiga axborot berib borish.

OAV xabarlarida qayd qilingan va Inspeksiya aralashuvini talab qiladigan qonunbuzilishlar haqida Inspeksiya rahbariyati hamda markaziy apparat tarkibiy tarmoqlarini tezkorlik bilan xabardor qilish, bu boradagi faoliyatni muvofiqlashtirish.

Inspeksiya organlari faoliyati haqida haqiqatga mos kelmaydigan va salbiy ijtimoiy fikr shakllantiruvchi ma’lumotlar aks ettirilgan materiallarga zudlik bilan munosabat bildirish.

Bunday ma’lumotlarga raddiya berilishini tashkil etish, bundan bosh tortish holatlari yuzasidan qonunchilikda nazarda tutilgan choralarni ko‘rish;

  1. Fuqarolar va yuridik shaxs vakillarini qabul qilish, jismoniy va

yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish;

  1. Idoraviy va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, qonunchilik targ‘iboti tadbirlariga oid dasturlar, uslubiy qo‘llanmalar va boshqa materiallarni ishlab chiqishda ishtirok etish.

Xodimlar malakasini oshirish yuzasidan tadbirlar o‘tkazish, ijobiy ish tajribalarini o‘rganish va ommalashtirish;

  1. Tizimli tahlil asosida markaziy apparatning yarim yillik ish rejalariga takliflar kiritish, bo‘lim ish rejasini tuzish va ijrosini ta’minlash;
  2. Belgilangan muddatlarda statistik hisobotlar tuzish.

Amalga oshirilgan ishlar haqida Inspeksiya rahbariyatiga muntazam axborot berib borish;

  1. Inspeksiya rahbariyati topshirig‘iga ko‘ra boshqa vazifalarni amalga oshirish.

 

III. BO‘LIMNING HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI

  1. Bo‘lim quyidagi huquqlarga ega:

bo‘limda ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar, ma’lumot, hulosalar va boshqa axborotlarni boshqa tarkibiy bo‘linmalardan, hududiy boshqarma va bo‘limlardan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan va boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;

inspeksiya tizimida bo‘limga yuklatilgan masalalarini o‘rganish, tahlil (monitoring) qilish, belgilangan tartibda tekshirishlarni amalga oshirish;

o‘rganish, tahlil (monitoring) yoki tekshirish natijalari bo‘yicha belgilangan tartibni buzayotgan xodimlarni javobgarlikka tortish, shuningdek qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish to‘g‘risida rahbariyatga takliflar kiritish;

axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari bilan belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qilish;

Rahbariyat topshirig‘i asosida, davlat va xo‘jalik boshkaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish, ushbu idoralar yig‘ilishlarida belgilangan tartibda ishtirok etish;

qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun Inspeksiyaning rahbariyati bilan kelishgan holda boshqa xodimlarni, zarur hollarda davlat organlari va nazorat qiluvchi organlar mutaxassislari, malakali ekspertlari hamda ularning vositalarini jalb etish;

vakolatiga kiradigan masalalar buyicha metodik materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;

xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar va yig‘ilishlarda, shuningdek, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi xalqaro va mahalliy loyihalarda ishtirok etish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenta, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa davlat organlari ko‘rib chiqishi uchun axborot siyosatini, qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish masalalari bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar kiritish;

o‘z vakolatlari doirasida bosma nashrlarni nashr etish;

Bo‘lim qonun hujjatlariga muvofik boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

  1. Bo‘lim:

- o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;

Inspeksiya faoliyatining milliy va xorijiy OAVda xolisona, sifatli va tezkor yoritilishining ta’minlanishi uchun javob beradi.

Bo‘lim qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

 IV. BO‘LIM FAOLIYATINING TASHKIL ETILISHI

  23. Bo‘lim faoliyatining tashkil etilishi xodimlar o‘tasida xizmat vazifalarni soha-mintaqa tamoyili va o‘rindoshlik asosidagi ish taqsimotiga muvofiq amalga oshiriladi.

  24. Bo‘lim faoliyatiga bo‘lim boshlig‘i rahbarlik qiladi.

Bo‘limda bo‘lim boshlig‘i va katta inspektor faoliyat ko‘rsatadi.

  1. Bo‘lim boshlig‘i:

- bo‘limga umumiy rahbarlik qiladi va uning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi, bo‘limga yuklatilgan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi;

- Inspeksiya rahbariyati bilan kelishgan holda xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;

- quyi turuvchi inspeksiyalarda va unitar korxonada tekshirishlar o‘tkazilishini, ularga amaliy yordam ko‘rsatilishini tashkillashtiradi;

- bo‘limga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash uchun belgilangan tartibda mutaxassislarni jalb qiladi;

- Inspeksiya boshlig‘iga bo‘limga kadrlarni tanlash masalasida takliflar kiritadi va bo‘lim xodimlarini maxsus unvonlarga taqdim etadi;

- ijro intizomini mustahkamlash choralarini ko‘radi, xodimlar o‘rtasida nojo‘ya xatti-harakatlar va huquqbuzarliklarning oldini olish tadbirlarini tashkillashtiradi, xodimlarni rag‘batlantirish va ularni intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar kiritadi;

- ish yuritishning Inspeksiya idoraviy hujjatlari asosida olib borilishini tashkil etadi, bo‘lim ish yurituvchisi faoliyatini nazorat qiladi;

-  yig‘ilishlar o‘tkazadi, bo‘lim va quyi turuvchi inspeksiya xodimlarining hisobotlarini eshitadi;

- faoliyatni takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ijobiy ish tajribalarini ommalashtirish, shuningdek, xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha takliflar kiritadi;

- statistik hisobotlar tuzilishini ta’minlaydi va uning haqqoniyligiga shaxsan mas’ul bo‘ladi;

- amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Inspeksiya rahbariyatiga muntazam ravishda axborot berib boradi.

  1.  Bo‘lim katta inspektori:

- normativ-huquqiy hujjatlar, Inspeksiya hay’ati qarorlari va ish rejalari, Inspeksiya boshlig‘ining buyruqlari, farmoyishlari va kursatmalari talablariga so‘zsiz rioya etadi;

- vazifalar taqsimotiga muvofiq yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va samarali ijro etadi;

- quyi turuvchi inspeksiyalar faoliyatini tekshirishda qatnashadi, ularga amaliy yordam ko‘rsatadi, nazorat hujjatlarini qo‘llash yuzasidan taklif kiritadi;

- Inspeksiya faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ijobiy ish tajribalarini ommalashtirish, shuningdek, xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha takliflar kiritadi.

- Inspeksiya faoliyatini yoritishga bag‘ishlangan videoroliklar, filmlar va boshqa materiallarni tayyorlash va montaj qilishda ishtirok etadi, markaziy matbuotda chop etish uchun tayyorlangan maqolalar, tahliliy ma’lumotlar va boshqa materiallar, markaziy televidenie orqali namoyish qilishga mo‘ljallangan intervyu, chiqishlar va boshqa videomateriallar, rasmiy veb-saytda joylashtirish uchun kelib tushgan press-relizlar, tahliliy ma’lumotlar, ssenariylar hamda ko‘rib chiqish uchun yuborilgan boshqa badiiy asarlar loyihalarini o‘rganadi va ularni tahrirlash ishlarini amalga oshiradi;

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘limi bilan hamkorlikda:

- O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi markaziy telekanallari, nodavlat elektron OAV orqali namoyish qilish hamda rasmiy veb-saytda joylashtirishga mo‘ljallangan lavhalar, teleko‘rsatuvlar va boshda videomateriallarni videomontaj qiladi, shuningdek, ularni bo‘lim boshlig‘i o‘rganganidan so‘ng rasmiy veb-saytga joylashtiradilar;

- Inspeksiyaning rasmiy veb-saytiga axborotlar, mediamateriallarni joylashtiradi;

- veb-saytda joylashtirilgan axborotlarni har qanday ko‘rinishdagi ruxsatsiz aralashuvdan himoya qilish choralarini ko‘radi;

- rasmiy veb-saytning axborot xavfsizligini ta’minlash va uning faoliyatini takomillashtirishga doir takliflar kiritadi;

- veb-saytda joylashtirilgan ma’lumotlarning kunlik arxivlashtirish, joylashtirilgan ma’lumotlar bazasi, axborot va video materiallarni joylashtirilgan sanadan boshlab 5 yil mobaynida saqlanishini ta’minlaydi;

- Rahbariyat va bo‘lim boshlig‘ining topshirig‘iga ko‘ra boshqa vazifalarni amalga oshiradi.

V.ISH YURITISH

    27.Bo‘limda ish yuritish Inspeksiyaning idoraviy normativ hujjatlari asosida amalga oshiriladi.

    28.Bo‘lim xodimlari xizmat hujjatlari va moddiy qimmatliklarning butligi va saqlanishi uchun shaxsan javobgardirlar.

 

Text to speech