Ру Ўз O`z En

2025 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekish tadbirlari nazoratda

8 Oktyabr 2024 571

Kelgusi yil hosili uchun Respublika bo‘yicha 1 mln 7,3 ming gektardan ziyod maydonga kuzgi boshoqli don ekinlari ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 311,5 ming gektar ochiq maydonlarda hamda 695,8 ming gektar g‘o‘za qator orasiga kuzgi boshoqli don ekish ishlari davom etmoqda.

Hukumatning amaliy yordami bilan kuzgi boshoqli don ekinlarini ekishga yer tayyorlash va ekish uchun zarur bo‘ladigan yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘it, mablag‘ masalasi va boshqa moddiy resurslar taʼminoti hal etilgan bo‘lib, g‘alla ekish ishlarini optimal muddatlarda yakunlash choralari ko‘rilmoqda.

Jumladan, g‘alla ekish uchun yer tayyorlash va ekish ishlarini o‘z muddatida, sifatli amalga oshirish hamda ekish uchun talab etiladigan mineral o‘g‘itlarning zaxirasini yaratilishi yuzasidan joylarda Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlari tomonidan doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Joylarda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 8 ming 750 nafar fermer xo‘jaliklarining 80,2 ming gektar maydonlarida xato va kamchiliklar aniqlanib shundan, g‘alla ekish uchun 1 ming 802 nafar fermer xo‘jaliklari 7 ming 345 gektar yer maydonlarini notekis va 1683 nafar fermer xo‘jaliklari 6 ming 510 gektar yer maydonlarini kesakli qilib tayyorlaganligi, 547 nafar fermer xo‘jaliklarining 2 ming 41 gektar maydonlariga g‘alla sifatsiz ekilganligi, 1 ming 720 nafar fermer xo‘jaliklari 7 ming 548 gektar yer maydonlarida yerga yer qo‘shish ishlarini bajarmasdan dala atroflarini to‘liq haydamasdan yer tayyorlab g‘alla ekilganligi hamda 325 nafar fermer xo‘jaliklari 4 ming 555 gektar yer maydonlariga fosforli o‘g‘it bermasdan g‘alla ekib yuborganligi aniqlangan.  

Ushbu aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida bu kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan mahalliy hokimliklarga, soha rahbarlariga 113 ta taqdimnoma va fermer xo‘jaliklariga  11159 ta ogohlantirish xatlari berilishi taʼminlandi.   

Bu borda Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlari tomonidan mavsum davomida monitoring tadbirlari olib borilib, joylarda kuzgi g‘alla ekish uchun yer tayyorlash va ekish ishlarining borishi doimiy nazorat qilib boriladi.  

Inspeksiyaning Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘limi 

 

Text to speech