Ру Ўз O`z En

Ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

23 Fevral 2024 1785

Soha uchun yuqori malakali seleksioner olimlarni tayyorlash, mutaxassislarning malakasini oshirish, sohani jadal rivojlantirish va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi integratsiyani taʼminlash bugungi kunda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib bu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat qarorlari qabul qilinmoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirligida mazkur sohada belgilab olingan vazifalar hamda«O‘zagroinspeksiya» ning 2024-yil 26 yanvaridagi 09-24-sonli yig‘ilish bayonlari ijrosi yuzasidan Inspeksiyaning Surxondaryo viloyati boshqarmasi mutaxassislari Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining ish faoliyati Prezident qarori bilan tasdiqlangan “ Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish va moddiy-texnika bazasini shakllantirish, ingichka tolali navlarni yaratish sohasida ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish bo‘yicha «YO‘L XARITASI» ijrosi yuzasidan mavjud muammolari o‘rganildi hamda vakolat doirasida muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Shuningdek ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatiga oid mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf qilish bo‘yicha birgalikda choralar ko‘rish, takliflar ishlab chiqish va kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida Inspeksiyaning Surxondaryo viloyati boshqarmasi va Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanib, kelgusida yo‘nalishdagi ishlar belgilab olindi.

Maʼlumot uchun - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18 martdagi “Surxondaryo viloyatida ingichka tolali paxta yetishtirishni ilmiy asosda amalga oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 170-sonli qaroriga asosan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilgan.

Mazkur institutni tashkil etishdan asosiy maqsadlardan biri bu iqlim o‘zgarishi sharoitida ingichka tolali g‘o‘zaning respublika janubiy mintaqalari tuproq-iqlim sharoitlariga mos, serhosil, tezpishar, kasallik va zararkunandalarga bardoshli, sanoatbop navlarini yaratish hamda urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, resurs tejaydigan agrotexnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishdir.

«O‘zagroinspeksiya» Axborot xizmati 

 

Text to speech