Ру Ўз O`z En

SIFATLI DON - SIFATLI NON DEMAKDIR

12 Iyun 2025 91

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 31 maydagi “2025-yil hosilidan bug‘doy xarid va ichki bozorni don bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 345-sonli qaroriga asosan Buxoro viloyati 2025-yil hosilidan jami 191 ming tonna shundan jamg‘armaga 65 ming 286 tonna, vaqtincha saqlashga 110 ming 14 tonna va 15 ming 700 tonna urug‘lik bug‘doy qabul qilish rejalashtirilgan.

Aholini sifatli don, un va non mahsulotlari bilan ta’minlash, ichki bozorda oziq-ovqat xavfsizligi va don hamda non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash maqsadida davlat resursi uchun qabul qilinadigan bug‘doy sotib oluvchi tijorat vakili tomonidan oziq-ovqat maqsadlarida foydalanishini inobatga olib, davlat standartlari talablari asosida sifatli don qabul qilish va saqlash talab etiladi.

Joriy yilning 11 iyun holatiga jami 55 ming 455 tonna shundan 21 ming 675 tonna jamg‘arma hisobiga, 33 ming 780 tonna vaqtincha saqlash uchun tovar don O‘zDSt 880:2015 davlat standarti talablariga muvofiq qabul qilindi.

Don qabul qilish shoxobchalarini laboratoriyalari qabul qilinayotgan tovar donlar bo‘yicha me’yoriy hujjatlar talablari asosida va donni sifati hamda sinfiga qarab joylashtirilishi, to‘g‘ri tahlil qilinishini hamda alohida namuna saqlash xonalarida saqlanishini “O‘zagroinspeksiya”ning Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan qat’iy nazoratga olingan.

Shuningdek, don qabul qilinishida bazis va chegaralangan me’yorlari to‘g‘ri olib borilishini, bunda namlik, ifloslik, donli aralashma, natura, sifat ko‘rsatkichlari chegaralangan me’yorlarda bo‘lishi to‘g‘risida don qabul qilish shoxobchalaridagi laboratoriya xodimlariga tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

 J.Allanazarov,

“O‘zagroinspeksiya” ning Buxoro viloyati boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i     

Text to speech