Ру Ўз O`z En

QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNIKALARINI NOQONUNIY BOSHQARGAN HUQUQBUZARLARGA CHORA KO‘RILMOQDA

12 Iyun 2025 87

Qashqadaryo viloyatida  jami 41 ming 897 ta qishloq xo‘jalik, yo‘l qurilish texnika hamda agregatlari mavjud.

Joriy yilning 1-iyunga qadar jami 12 ming 668 ta qishloq xo‘jalik texnikalarini yillik majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, ko‘rsatilgan barcha davlat xizmatlari evaziga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 1 mlrd. 714 mln. so‘m to‘lovlar amalga oshirilgan.

O‘zagroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari texnika holatini nazorat qilish bo‘yicha mutaxassislari tomonidan 2025- yilning o‘tgan davri mobaynida sohada qonun ustuvorligini ta’minlash va qishloq xo‘jalik texnikalaridan foydalanish talablariga rioya etmagan huquqbuzarlarga nisbatan 220 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Respublikasining MJTKning tegishli moddalariga asosan ta’sir choralar qo‘llanildi.

Bundan tashqari, “O‘zagroinspeksiya” va Ichki Ishlar Vazirligi Yo‘l Harakati Xavfsizligi bosh boshqarmasi hamkorligidagi qo‘shma tadbirlar rejasiga ko‘ra inspeksiyaning viloyat boshqarma va tumanlar bo‘limlari tomonidan qo‘shma reyd tadbirlari doimiy tarzda o‘tkazilib kelinmoqda.

Qashqadaryo viloyatida o‘tgan may oyi davomida 48 ta qo‘shma reyd o‘tkazilgan.

Xususan, inspeksiyaning Mirishkor va Kasbi tuman bo‘limlari va tuman IIB  YXXB  inspektorlari hamkorligida qishloq xo‘jaligi texnikalarini soz xolda ishga chiqarilishi yuzasidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Tadbir davomida, Kasbi tumani “Oq Qamish” MFYda 7 ta majburiy yillik texnik ko‘rikdan o‘tmagan, 2 ta davlat ro‘yxatiga olinmagan qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanayotganligi aniqlandi. Jumladan, tuman hududida harakatlanib kelayotgan “Jasurbek Javohir  Kapital” MCHJ ga tegishli  Frontal yuklagich ZLY920 rusumli texnika  to‘xtatilib tekshirilganida texnik ko‘rikdan o‘tmagan  aniqlandi. Ushbu texnikadan foydalanib kelayotgan mulk egalariga nisbatan Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, texnika jarima maydoniga yuborildi.

 

“O‘zagroinspeksiya”ning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi

Text to speech