Ру Ўз O`z En

Andijon: Kuzgi shudgorlash tadbirlarini o‘z vaqtida sifatli o‘tkazilishi nazoratda

9 Noyabr 2023 2336

Viloyatda 2024 yil hosili uchun 103.3 ming gektar maydonda kuzgi shudgorlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

 

Shudgorlash ishlarida 504 dona  xaydov traktorlari qatnashishi belgilangan. Ushbu xaydov traktorlarning
387 donasi  yoki 77 foizi yuqori unumli haydov traktorlarni tashkil etadi.

 

Mazkur muhim tadbirga  jalb etilgan haydov traktorlarning viloyat bo‘yicha 313 tasi yoki 62 foizi fermer xo‘jaliklari va paxta klasterlari tomonidan 2022-2023 yillarda xarid qilib olingan bo‘lib, ular yuqori unumli haydov traktorlari hisoblanadi.

Shu bilan birga, mavsumga jalb qilingan 504 ta omochlarning barchasi ikki yarusli bo‘lib, chimqirqar bilan jihozlangan.

Bugungi kunda barcha tumanlarda shudgorlash ishlariga to‘liq kirishilgan bo‘lib, tadbirni belgilangan muddatlarda sifatli va agrotexnik talablar darajasida tashkil etish bo‘yicha shudgor otryadlari shakllantirilib, otryadlarga biriktirilgan haydov traktorlarini beto‘xtov ishlashini ta’minlash maqsadida hududlarda 31 ta ko‘chma ustaxonalar tashkil etilgan.

Viloyat hududlarida shudgorlanadigan maydonning har bir konturi to‘rtburchak  “konvert” usulida va daraxtlar atrofi to‘liq shudgorlanishi, shudgor chuqurligi 40 sm kam bo‘lmasligi hamda haydov agregatlarini chimqirqar bilan jihozlanganligi, sozligi va butligiga e’tibor qaratilishi yuzasidan fermer xo‘jaliklari, klaster korxonalari mutasaddilari va mexanizatorlariga ko‘rgazmali seminarlar tashkil qilingan.

Shudgorlash ishlari sifatsiz bajarilgan taqdirda, qayta shudgorlash ishlari amalga oshirilishi bo‘yicha fermer xo‘jaliklari va klaster korxonalariga Inspeksiya vakolati doirasida ogohlantirishlar berilgan.    

Kuzgi shudgorlash ishlarini borishi bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida aniqlangan kamchiliklar va ko‘rilgan ta’sir choralar “Agroinspeksiya”ning boshqarma va tuman bo‘limlari  tomonidan muntazam nazoratga olingan.

 

Texnikalar xolati va agrotexnik  tadbirlarni nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi                                     A.Komilov

Text to speech