Respublikamizda baliqchilik sohasini yana-da rivojlantirish, baliq mahsulotlari turlarini ko‘paytirish, eksport salohiyatini oshirish, mavjud havzalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish, intensiv texnologiyalar asosida baliq yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish hamda baliqchilik xo‘jaliklarining ozuqa bazasini mustahkamlash, aholini sifatli baliq mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish bo‘yicha bir qatorlar ishlar amalga oshirilmoqda.
Birgina Buxoro viloyatida 2023-yilning 1-aprel holatiga, jami 349 ta baliqchilik subyektlari faoliyat ko‘rsatib, ularga ajratib berilgan umumiy yer maydoni 34 ming 539 gektarni tashkil etmoqda.
Jumladan, 8 ta tabiiy suv havzalari 32 ming 81 gektarni, shundan, 27,7 ming gektar suvli maydon va 1 ming 225 gektar sunʼiy suv havza baliqchilik xo‘jaliklari faoliyat yuritmoqda.
Bundan tashqari, viloyatda tabiiy ko‘llarda ham baliqlar parvarishlanmoqda.
Xususan, viloyatda 15 ta baliqchilik xo‘jaliklariga 8 ta tabiiy ko‘l mavjud bo‘lib, ularda jami 27 ming 738 gektar suvli maydonlar baliq ovlash uchun biriktirib berilgan.
Hukumatning 2017-yil 7-avgustdagi “Tabiiy suv havza uchastkalarini baliq ovlash xo‘jaliklariga ijaraga berish va baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 593-sonli qaroriga asosan, tabiiy suv havzalarida tender tanlovlari o‘tkazish tartibi belgilangan.
Mazkur qarorga asosan, 2018 yil 9 yanvarda viloyatdagi barcha tabiiy suv havzalari bo‘yicha tender tanlovlari o‘tkazilib mavjud 8 ta tabiiy ko‘llar 15 ta ijarachilarga 10 yil muddatga ijara shartnomasi asosida ijaraga berilgan.
Bugungi kunga, “O‘zagroinspeksiya”ning Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan idoraviy bo‘ysunuvidan va mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarda chorvachilikda naslchilik ishlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va boshqa meʼyoriy hujjatlarga rioya etilishi yuzasidan profilaktika va monitoring tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yil yanvar-mart oylarida jami 152 ta profilaktika va monitoring tadbirlari o‘tkazildi, shundan, 72 ta ogohnoma va 143 ta yozma ko‘rsatmalar berildi hamda 1 ta holatda aniqlangan qonunbuzilishlar, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.