Joriy yilda Respublika hududlarida 2024-yil paxta hosili uchun 1 mln. 12 ming 445 gektar maydonda chigit ekish ishlarini amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunda hududlarda chigit ekish ishlari qariyb nihoyasiga yetkazildi, shuningdek paxtadan yuqori hosil olib, samarali daromadni o‘ylagan fermer xo‘jaliklari hozirda chigit ekilgan maydonlarning qator orasiga birinchi ishlov berish va boshqa agrotexnik tadbirlarga kirishib ketdi.
“O‘zagroinspeksiya” tomonidan hududlarida chigit ekilgan maydonlarda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi bo‘yicha nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Xususan, bugungi kunda chigit ekilgan maydonlarning 899 ming gektari yoki 89 foizida chigit unib chiqqan bo‘lib, shundan, 121 ming gektar maydonlarda 25 foiz, 181 ming gektarda 50 foiz, 267 ming gektarida 75 foiz va 329 ming gektarda to‘liq yaʼni 100 foiz nihollar unib chiqqanligi maʼlum bo‘ldi.
Hududlarda chigit unib chiqqan maydonlarning qator oralariga birinchi ishlov berish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida 19 ming 107 dona kultivatorlar jalb qilinib, bugungacha 818 ming gektar yoki 81 foizi maydonlarda birinchi kulivatsiya ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, Respublikada 249 ming (25%) maydonda yaganalash, 375 ming yoki 37 foiz maydonda chopiq qilish, 32 ming gektar maydonda chuqur yumshatish ishlari o‘tkazilganligi maʼlum bo‘ldi.
“O‘zagroinspeksiya”ning tomonidan, mavsum davomida hududlarda chigit ekilgan maydonlarda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi nazoratga olib boriladi.
Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘limi