Ру Ўз O`z En

10-dekabr “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni – “Hosil bayrami”

11 Dekabr 2023 2861

Joriy yilning 9-dekabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni – “Hosil bayrami” sana munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni – bu dehqon, fermer, klaster, ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalarda faoliyat olib boradigan xodimlarning kasb bayramigina emas, balki yerga ko‘chat qadab, yurtimiz taraqqiyoti uchun o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan har bir insonning shodiyonasidir. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017 yildan buyon har yili dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni – “Hosil bayrami” sifatida keng nishonlanib kelinishi ham agrar soha xodimlariga bo‘lgan hurmat va eʼtirof desak, mubolagaʼa bo‘lmaydi.

Jumladan, joriy yilning 9 dekabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni – “Hosil bayrami” sana munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Shuhrat G‘aniyev, Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov, Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, vazirlik boshqarma va department xodimlari, tizim tashkilotlari rahbariyati, agrar soha fidoyilari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qishloq xo‘jaligi xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigini Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘qib eshittirdi.

Ta’kidlash kerakki, Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasi O‘zbekiston Prezidenti tomonidan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi”da belgilangan ustuvor yo‘nalishlarga monand tarzda rivojlanib bormoqda.

O‘zbekistonda agrar sohani isloh qilish, unga bozor mexanizmlari va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, klaster usuli yo‘lga qo‘yildi, bu esa bozor tamoyillariga o‘tishda, sohada davlat aralashuvini keskin kamaytirish, reja ortidan quvish va majburiy mehnat holatlariga butunlay chek qo‘yishda muhim omil bo‘lmoqda.

Bugun hayotning o‘zi yangi innovatsion usul — klaster tizimining huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy afzalliklari ko‘pligini namoyon etmoqda.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Shuhrat G‘aniyev tomonidan “Eng fidoyi fermer–novator”, “Eng samarador dehqon xo‘jaligi”, “Eng yosh fermer” va “Eng tashabbuskor ayol fermer” nominatsiyalari bo‘yicha mukofotlar o‘z egalariga topshirildi.

Bundan tashqari, Bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamda Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov tomonidan agrar sohada ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgan, yurtimiz qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan, bu borada o‘ziga xos maktab yaratgan samarqandlik soha fidoyilariga “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni topshirildi.

Bayram tadbiri elimiz suygan san’atkorlar ishtirokidagi kuy-qo‘shiqlarga ulanib ketdi. Shundan so‘ng, bayram ishtirokchilari to‘kin dasturxon atrofida, bir piyola choy ustida suhbat qurishdi.

Text to speech