Ру Ўз O`z En

Inspeksiyada “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi

18 Iyul 2024 403

2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-158-son farmoniga muvofiq “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi tasdiqlangan bo‘lib, mazkur hujjat kelgusi 2030 yilgacha mamlakatimizdagi asosiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi muhim hujjat hisoblanadi, hujjat 5 ta ustuvor yo‘nalish doirasida 100 ta maqsadni o‘z ichiga qamrab olgan.

Xususan, barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish, aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan taʼlim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish, aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish, xalqqa xizmat qilishi shart bo‘lgan adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish, mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli taʼminlash kabi g‘oyalar aks ettirilgan.

Joriy yil 18-iyul kuni  “O‘zagroinspeksiya” tomonidan tashkil etilgan tadbir “O‘zbekiston-2030” strategiyasi mazmun-mohiyatini Inspeksiya xodimlari va jamoatchilik orasida keng tushuntirishga bag‘ishlandi.

Tadbirda Inspeksiya markaziy apparati hamda “ZOOM” platformasi orqali hududiy boshqarmalar xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirni "O‘zagroinspeksiya" markaziy studiyasidan Inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosari v.v.b V. Hasanov olib bordi.

Shundan so‘ng, “ZOOM” platformasida onlayn ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatning Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, senator R.Siddiqov o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Xususan, “O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida 100 ta maqsad belgilab olinganligi, belgilangan va amalga oshirilishi lozim bo'lgan barcha maqsadlarga erishish va dolzarb vazifalar bajarilishiga davlat miqyosida katta eʼtibor qaratilayotganligi xususida so‘z yuritdi.

Qatnashchilarga ekspert sifatida tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi aʼzosi, deputat - A. To‘laboyev, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzuridagi Davlat va huquq instituti yuridik fanlari doktori, professor – R.Hakimovlar tomonidan Prezidentning 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmon mohiyati hamda sohaga tegishli islohotlar va bu yo‘nalishda xalqaro tajribalar haqida keng tushunchalar berib ketildi.  

Jumladan, “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 54-maqsadida qishloq xo‘jaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish orqali hosildorlikni paxta bo‘yicha o‘rtacha 45 — 50 sentnerga, g‘alla bo‘yicha 80 — 100 sentnerga yetkazish vazifalari ko‘zda tutilgan bo‘lib, paxta va g‘alla ekinlari hosildorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish belgilangan.

Inspeksiya tomonidan “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi va Davlat dasturi bo‘yicha dasturining 8 ta maqsadidagi ustuvor vazifalarni qamrab olgan 10 ta banddan iborat chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Bugungi kunda ushbu chora-tadbirlar rejasining 2 ta bandi ijrosi bajarilib, qolgan 8 ta band ijrosini taʼminlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Birgina misol,  57-maqsad ijrosi bo‘yicha “my.gov.uz” orqali shaxslarning murojaatlari asosida qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda texnikani turgan joyiga borib, mobil texnik ko‘rikdan o‘tkazish xizmati joriy qilindi.

Tadbir so‘ngida Inspeksiya xodimlari o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati

Text to speech