"O‘zagroinspeksiya"ning Andijon viloyat boshqarmasi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan qishloq xo‘jaligi yerlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi natijasida foydalanishdan chiqishiga sabab bo‘lgan holatlar ustidan doimiy tarzda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Jumladan, Andijon tumani “y.Oxunboboyev” nomli massivi hududidagi qishloq xo‘jalik xaritasining 9636-konturdagi 71.2 ball bonitetga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan fuqaro Q. Z. tomonidan o‘ziga issiqxona uchun ajratib berilgan 0.50 gektar yer maydonini, tegishli ruxsat olmasdan, asosli hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan 0,30 gektar maydoniga noqonuniy tarzda beton devor bilan o‘rab olib, uy-joy ko‘rinishida bino va inshootlar qurib olishi natijasida qishloq xo‘jaligi yer maydoni qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqarilgan. Natijada 333 mln 1 ming 375 so‘m zarar yetkazilgan.
Shuningdek, Andijon tumani “Y.Oxunboboyev” nomli massivi hududidagi qishloq xo‘jalik xaritasining 9636-konturdagi 71.2 ball bonitetga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan fuqaro R. G‘. ga issiqxona uchun ajratib berilgan 0.50 gektar yer maydonining 0,20 gektar qismi ushbu fuqaro tomonidan tegishli ruxsat olinmasdan, asosli hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan noqonuniy tarzda beton devor bilan o‘rab olinib, uy-joy ko‘rinishida bino inshootlar qurib olish natijasida qishloq xo‘jaligi yer maydonlariga yetkazilgan zarar miqdori qishloq xo‘jaligi 222 mln 916 so‘mni tashkil etmoqda.
Hukumatning 2011-yil 25-maydagi 146-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xo‘jalik muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zarar o‘rinini qoplash tartibi to‘g‘risida”gi nizomida o‘zboshimchalik bilan yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zarar miqdorlari qo‘shib hisoblanganda 2 ta holatda jami 555 mln 2 ming 291 so‘mni tashkil etadi.
Aniqlangan yerga oid qonunbuzarlikning oldini olish hamda yetkazilgan zarar miqdorini undirish bo‘yicha belgilangan tartibda sudlarga daʼvo arizalari kiritilmoqda.
J.Yergashev, "O‘zagroinspeksiya"ning Andijon viloyat boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i