Viloyatda 2026-yil g‘alla hosili uchun 83 ta urug‘lik don yetishtiruvchi subyektlar tomonidan 2332 gektar maydondan 7200 tonna don topshirish rejalashtirilgan.
Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi sohaviy mutaxassislari tomonidan tumanlarda o‘tkazilayotgan aprobatsiya ko‘rigini “Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida o‘tkazilishi yuzasidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Bugungi kunda tumanlarda tashkil etilgan aprobator komissiya a’zolari tomonidan 2026-yil g‘alla hosili uchun yetishtirib kelingan 2332 gektar yer maydondan 1718 gektar (yoki rejaga nisbatan 74 foiz) urug‘lik g‘alla maydonlari aprobatsiya ko‘rigidan o‘tkazildi.
Shundan, 1673 gektar yaroqli deb topilgan bo‘lib, 45 gektar urug‘lik maydonlar urug‘likka qo‘yilgan talablarni bajarmasdan kelganligi uchun yaroqsizga chiqarilgan bo‘lsa, 433 gektar maydon navdorlik ko‘rsatkichlari past bo‘lganligi sababli urug‘lik g‘allalar navlarining avlodi pasaytirildi.
Shuningdek, joriy yilda urug‘lik g‘alla yetishtirib kelgan xo‘jalik rahbarlariga kamida ikki marta urug‘lik g‘alla maydonlarini nav tozalash ishlarini sifatli qilib bajarishlari hamda o‘rim davrida urug‘lik g‘alla maydonlari har bir konturning to‘rt tomonidan belgilangan kombayn bilan o‘rib, tovar donga topshirishlari to‘g‘risida kerakli tavsiyalar berib, amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.
O‘zagroinspeksiyaning Navoiy viloyati boshqarmasi