Ру Ўз O`z En

G‘ALLA O‘RIMI MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MAVZUSIDA SEMINAR

30 May 2025 120

Toshkent viloyati Bo‘ka va Quyichirchiq tumanlarida joriy yilgi g‘alla o‘rim-yig‘imini rejali tarzda tashkil etish maqsadida amaliy seminar tashkil etildi.

Viloyatda 2025 yil hosilini o‘z vaqtida va nest-nobud qilmasdan yig‘ishtirib olish uchun viloyat bo‘yicha jami 230 dona g‘alla o‘rish kombaynlari shay holatga keltirildi.

Seminarda Toshkent viloyat hokimining o‘rinbosari X.Qoraboyov, Viloyat ichki ishlar boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Z.Iminov, tuman hokimlari va “O‘zagroinspeksiya”ning Toshkent viloyat boshqarmasi boshlig‘i S.Sadikov, hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari qatnashishdi.

Shuningdek, tadbirga Bekobod, Oqqo‘rg‘on, Piskent, O‘rtachirchiq, Yangiyo‘l, Chinoz, Ohangaron, Yuqorichirchiq, Qibray, Bo‘stonliq, Zangiota va Toshkent tumanlaridan mavsumga safarbar etilgan mutaxassislar jalb etildi.

 Mazkur seminarda joriy mavsumdagi g‘alla o‘rim-yig‘imini samarali tashkil etish, mavjud texnik va tashkiliy imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanish, shuningdek, hosilni yo‘qotishlarsiz yig‘ishtirib olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

 E.R.Raximjanov, 

“O‘zagroinspeksiya”ning Toshkent viloyati texnika holati nazorat qilish shu’basi bosh mutaxassisi

Text to speech