Ру Ўз O`z En

Markazda xalqaro hamkorlik rivojlanmoqda

7 Oktyabr 2024 711

Xabaringiz bor, shu kunlarda poytaxtimizda “VIII Butunjahon paxta tadqiqot konferensiya”si bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu anjumanning bir guruh qatnashchilari jumladan, “CIRAD qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari instituti”ning bo‘lim boshlig‘i BRUNO BACHELIER, “Bremen tolalar instituti”ning paxtachilik bo‘yicha katta menejeri AXEL DRIELING va “Buxoro Agro klasteri” MChJning Ilm va innovatsiya loyihalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari RINAT GULYAYEVlar “O‘zagroinspeksiya” qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sifatini baholash markazi” davlat muassasasiga tashrif buyurdi

Tashrif davomida, mutaxassislar laboratoriyalar majmuasida bo‘lib, Muassasa faoliyati bilan, shuningdek, laboratoriyalar majmuasida olib borilayotgan paxta va paxta mahsulotlarini hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini sinash va sertifikatlashtirish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuvda, Muassasa tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida taqdimot namoyish qilindi hamda tomonlar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi. Tashrif buyurgan mutaxassislar tomonidan “Paxta mahsulotlarini markaziy sinov laboratoriyasi”ning faoliyati bo‘yicha Xalqaro Bremen xalqaro laboratoriyalararo solishtiruv sinov (raund-test)larida ijobiy natijalar bilan ishtirok etayotganligi e‘tirof etildi.

Muzokaralar yakunida, mutaxassis AXEL DRIELING ushbu labortoriyalar majmuasining barpo qilinganligi va jihozlanganligini xalqaro talablarga mos kelishini hamda sohaing rivojiga katta hissa qo‘shishini bildirib, kelgusida tomonlar o‘rtasida hamkorlikni yana-da kengaytirish va o‘zaro tajriba almashishga kelishib olindi.

Shuningdek, Paxtachilik xalqaro maslahat qo‘mitasining 2026-yilda o‘tkaziladigan xalqaro anjumaniga Muassasaning mutaxassislari taklif qilindi.

Text to speech