Avstraliyaning qishloq xo‘jaligi sohasida muhim o‘rin tutadigan Cotton Seed Distributors Limited (CSD) kompaniyasi paxta urug‘chiligi bo‘yicha dunyodagi eng nufuzli tashkilotlardan biri hisoblanadi.
Joriy yilning 19-25 yanvar kunlari Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Prezident huzuridagi Paxtachilik kengashi vakillari hamda ‘zagroinskpeksiya” qoshidagi Qishloq xo’jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi rahbaridan iborat delegatsiya a’zolari Avstraliyaga amalga oshirayotgan xizmat safari doirasida ushbu kompaniyaga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida delegatsiya kompaniyaning zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan tadqiqot markazi, urug‘larni tozalash jarayonlari hamda hosildorlikni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ilmiy ishlari bilan yaqindan tanishdi. O‘zbekiston delegatsiyasi CSD faoliyatini yuqori baholab, ushbu modelni O‘zbekistonda joriy etish imkoniyatlarini o‘rganishga katta qiziqish bildirdi.
O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi davomida ikki davlat o‘rtasida hamkorlik uchun kelishuvlarga erishildi.