Navoiy viloyati tumanlarida faoliyat olib kelayotgan g‘alla yetishtirib beruvchi xo‘jaliklar tomonidan 2024-yilda 86 493 tonna boshoqli don (bug‘doy), shundan 76300 tonna tovar va 10193 tonna urug‘lik bug‘doy doni qabul qilish rejalashtirilgan. “Navoiy don mahsulotlari” AJ bosh korxonasining g‘alla mavsumga shayligi monitoring o‘rganishlar jarayonida quyidagilar maʼlum bo‘ldi. Jumladan, korxonada 90,5 ming tonna don saqlash sig‘imi, 1,6 ming tonnalik ayvon, 1 ta urug‘lik don tozalash, saralash va qadoqlash sexi, 2 dona avtoag‘dargich (guar), 3 ta don avtomobil va vagon tarozilari, 4 dona don tozalash mashinalari, 5 dona ko‘chma uzatuvchi transportyorlar, don qabul qilish estakadalari taʼmirlanib talab darajasida soz holatga keltirildi.
Qolaversa, jamiyatga qarashli bosh korxona laboratoriya xonalarida tahlillar o‘tkazishda kerak bo‘ladigan zarur o‘lchov vositalari hamda laboratoriya jihozlari bilan to‘liq taʼminlangan bo‘lib, avtomobil, vagon tarozilari va laboratoriya o‘lchov vositalari O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Navoiy filiali tomonidan joriy yilda metrologiya tekshiruvidan o‘tkazilgan hamda qiyoslov sertifikatlari bilan taʼminlangan.
Shuningdek, ushbu korxonada g‘alla mavsum oldidan tayyorgarlik ko‘rishda Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi mutaxassislari tomonidan bajarilishi majburiy xarakterga ega yozma ko‘rsatmalar berilib, doimiy nazorat o‘rnatilgan.
Bundan tashqari, korxona va unga qarashli shoxobchalarning moddiy-texnika bazasini o‘z vaqtida sifatli tayyorlashda kechiktirib bo‘lmaydigan kamchiliklarni bartaraf etilishi bo‘yicha amaliy yordam berib kelinmoqda.