Ру Ўз O`z En

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasida 3 997 ta qonunbuzilish holatida 37 mlrd. 253 mln. so‘mlik moliyaviy sanksiyalar hisoblangan

6 Fevral 2023 2204


Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zagroinspeksiya” axborot xizmati rahbari Xolida Shodiyeva maʼlum qildi:

2022-yil davomida Qishloq va suv xo‘jaligi sohasida jami 22 603 ta tekshirishlar o‘tkazilgan (shundan, 6 dan ortiq tekshirishlar xabardor qilish tartibida amalga oshirilgan).

Tekshirishlar davomida aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan tashkilot va korxonalarning masʼul mansabdor shaxslariga nisbatan jami 20 mingta holatda maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

3 997 ta holatda  37 mlrd. 253 mln so‘mlik moliyaviy sanksiyalar hisoblangan.

Shu bilan birga, 94 mingdan ortiq ogohlantiruvlar va 4 954 ta taqdimnomalar tegishli tashkilot va idoralarga kiritilgan, 3 ming 491 ta materiallar qonuniy qaror qabul qilish uchun sudlarga va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Shuningdek, 2022-yilning o‘tgan davrida chetga eksport qilingan jami 18 ming tonna, shundan 4 ming tonna bug‘doy, 13 858 tonna un va 142 tonna boshqa mahsulotlardan namunalar olinib, tahlil qilingan va 323 ta sertifikatlar rasmiylashtirilgan.

Mamlakatimizga import qilingan 885 ming 543 tonna, shundan 847 ming 925 tonna bug‘doy, 29 ming 389 tonna un mahsulotlari va 8 229 tonna boshqa turdagi don mahsulotlaridan namunalar olinib, tahlillar o‘tkazilgan va natijada 2 486 ta sertifikatlar rasmiylashtirib berilgan.

Qishloq xo‘jaligi melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini nazorat qilish yo‘nalishida, qishloq xo‘jaligi texnikalarini turgan joyiga borgan holda texnik ko‘rikdan o‘tkazishda “yangi mobil xizmati” joriy etildi.

Qolaversa, qishloq xo‘jaligi texnikasi egalariga texnik ko‘rik muddati kelganligini xabardor etish maqsadida “SMS xabarnoma” dasturi ishga tushirildi.

Shuningdek, traktorchi-mashinistlarni tayyorlash sohasida shaffoflikni taʼminlash hamda raqamli texnologiyalarni qo‘llash maqsadida, qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalarini boshqarish xuquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasi berish axborot tizimi “TM.UZAGROTEX.UZ” platformasi ishga tushirildi.

2022-yilda jami 44 253 dona qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilishi texnikalari davlat ro‘yxatiga olinib, traktor va boshqa o‘zi yurar texnikalarga 34 376 dona davlat raqami belgisi, 88 594 dona yangi ID-karta shakldagi texnik pasport va texnik guvohnoma berilib, 242 ming 904 dona texnikalar majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Shuningdek, respublika bo‘yicha jami 235 ta traktorchi mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanadigan davlat va nodavlat taʼlim muassasalari xatlovdan o‘tkazilib, ularning moddiy-texnik va o‘quv-metodik bazasi o‘rganildi. Mavjud taʼlim muassasalaridagi traktorchi-mashinist yo‘nalishidagi guruhlarda taʼlim olayotgan va uni tamomlagan 13 235 nafar o‘quvchilarning ro‘yxati shakllantirildi.

Suv va suvdan foydalanishni nazorat qilish yo‘nalishda qonunbuzilish holatlarini erta oldini olish maqsadida joylarda 21 mingga yaqin profilaktika tadbirlari o‘tkazilib, unda 42 689 nafar fermer xo‘jaliklari va klaster tashkilotlari qamrab olingan.

O‘tkazilgan profilaktika tadbirlari natijasida 17 mingga yaqin holatda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suv isrof bo‘lishining oldi olingan bo‘lsa, 4 mingta holatda suv tejovchi texnologiyalar o‘rnatilgan maydonlarda mazkur texnologiyalardan foydalanmasdan turgan mulk egalariga ekinlarini anʼanaviy sug‘orishiga yo‘l qo‘yilmadi.  

Chorvachilikda naslchilik ishlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bo‘yicha o‘tgan davrda naslchilik xo‘jaliklari tomonidan 15 687 bosh naslli qoramollar tayyorlanishi belgilanib, amalda 15 945 bosh naslli qoramol tayyorlanib, aholi va fermer xo‘jaliklariga yetkazib berilishi nazoratga olingan.

O‘tgan davr mobaynida Jismoniy va yuridik shaxslarning jami 1 ming 441 ta murojaatlaridan 1 ming 227 tasi ko‘rib chiqildi, 48 ming 169 nafar jismoniy va yuridik shaxslar vakillari qabul qilindi.

Shuningdek, o‘tgan davri mobaynida urug‘chilik sohasida ham bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari tarkibida GMO mavjudligini aniqlash bo‘yicha O‘zagroinspeksiya qoshidagi Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazida Jahon banki tomonidan ajratilgan 4 mln AQSH dollari garant mablag‘lari hisobiga yangi zamoniviy laboratoriya barpo etildi.

Bugungi kunda ushbu laboratoriyaga Yevropaning rivojlangan  davlatlaridan so‘nggi rusumdagi sinov uskuna va jihozlarini yetkazib kelib, o‘rnatish choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, Inspeksiyaning xalqaro aloqalar sohasida xorijiy davlatlarning ekspertlari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etilib, sohaga oid masalalar muhokama qilindi.

Inspeksiyaning  15 nafar xodimlari Misr Arab Respublikasining paxtachilikka ixtisoslashgan CATGO tashkilotining o‘quv kurslarida malaka oshirib, xalqaro sertifikatga ega bo‘ldilar.

2023 yildagi ustuvor vazifalar:

1. 2023 yil hosili uchun 118 ta tumanlardagi yuqori sifatli urug‘lik tayyorlashga ixtisoslashgan korxona va klasterlar o‘rtasida tanlov o‘tkazilishi hamda muvofiqlik sertifikati asosida realizatsiya qilinishini, mahalliy va xorijdan keltirilgan urug‘lar va ko‘chatlarga o‘z muddatida muvofiqlik sertifikati berilishini ustidan nazorat qilish;

2. Irrigatsiya bo‘limlari hamda klaster, fermer, dehqon xo‘jaliklari va boshqa suv isteʼmolchilari o‘rtasida suv yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzilishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda davlat byudjetidan subsidiya olib, joriy qilingan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasidan maqsadli va samarali foydalanishi nazoratga olish;

3. Respublika bo‘yicha 15 ming nafardan ortiq yoshlarga qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasi berish bo‘yicha amaliy ishlar olib borish;

4. “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasida yangi tashkil etilgan GMO laboratoriyasini xalqaro Turkiyaning akkreditatsiya markazidan akkreditatsiyadan o‘tkazish kabi ustivor vazifalar ko‘zda tutilgan.

 

Text to speech