Ру Ўз O`z En

Suvdan foydalanish bo‘yicha shartnoma rasmiylashtirilishi hamda suvdan samarali foydalanish yuzasidan nazorat tadbirlari kuchaytirilmoqda

8 Aprel 2022 2703

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish hamda suv isteʼmolchilari orasidagi munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-145-sonli Qarori ijrosi yuzasidan “O‘zagroinspeksiya” tomonidan joriy yilning mart oyida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli bo‘yicha qonunchilik hujjatlari talablariga amal qilinishi, suv xo‘jaligi obyektlarini o‘z balansiga olgan subyektlar tomonidan suv olish limiti asosida suv yetkazib berilishi hamda suv isteʼmolchilari tomonidan suvdan oqilona foydalanilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatildi.

Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish, suv tanqisligi sharoitida isteʼmolchilar o‘rtasida suv taqsimlash, suvning hisobi va hisobotini yuritish hamda suvdan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, joylarda suvni yetkazib berish va suv isteʼ-molchilari orasidagi suv munosabatlarini takomillashtirish yuzasidan tuman irrigatsiya bo‘limlari bilan klaster, fermer, dehqon xo‘jaliklari va boshqa suv isteʼmolchilari o‘rtasida shartnoma rasmiylashtirish o‘rganilib kelinmoqda.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, bugungi kunga qadar hududlarda jami 76 640 ta (shundan f/x soni 61 227 ta) subyektlar mavjud bo‘lib, bir qator tumanlarda shartnoma rasmiylashtirishga hamon jiddiy eʼtibor qaratilmayotganligi maʼlum bo‘ldi.

Jumladan, Shahrisabz tumanida shakllantirilgan 626 ta suv isteʼmolchilarining bor yo‘g‘i 351 tasi yoki 56 foizi bilan shartnoma rasmiylashtirilganligi aniqlangan.

O‘z navbatida, “O‘zagroinspeksiya” tomonidan suvdan foydalanish va suv isteʼmoli bo‘yicha qonunchilik hujjatlari talablariga amal qilinishi ustidan 2022 yilning o‘tgan davrida 6 541 ta o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 5 648 ta aniqlangan kamchilik va qonunbuzilish holatlari yuzasidan 1 114 ta 354,2 mln.so‘mlik maʼmuriy, 618 ta 778,8 mln.so‘mlik moliyaviy jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

Bundan tashqari, qonunbuzilishlarni kelib chiqishi va ularga imkon yaratib bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan mansabdor shaxslarga nisbatan 224 ta taqdimnoma va 4080 ta holatda bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar kiritildi, shuningdek, suvdan foydalanish, suv isteʼmoli bo‘yicha qonunchilik hujjatlari talablariga amal qilinishi hamda qonunbuzilish holatlarini erta oldini olish yuzasidan 4198 ta ogohlantiruvlar kiritildi.

“O‘zagroinspeksiya”ning Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslaridan foydalanishni nazorat qilish boshqarmasi

Text to speech