2025-yilgi bahorga dala ishlarida Navoiy viloyat bo‘yicha jami 3367 ta qishloq xo‘jaligi texnikalarini jumladan, 604 ta chopiq traktorlari, 604 ta kultivatorlar, 604 ta chigit ekish seyalkalari, 1517 ta tishli boronalar, 111 ta yer tekislagichlar, 142 ta chizellar, 90 ta purkagichlar va 118 ta mineral o‘g‘it sepkich texnikalar qatnashishi rejalashtirilgan.
Mavsumda ishtirok etadigan qishloq xo‘jaligi texnika va mashinalarni holatlari mutaxassislar tomonidan birma-bir o‘rganib chiqilib, nosozlarini taʼmirlash uchun talab etiladigan ehtiyot qismlar hamda pul mablag‘lari aniqlab olinib,viloyat va tumanlarda 100 foiz yakuniga yetkazildi.
Barcha taʼmirlash maskanlarida taʼmirdan chiqarilib, mavsumga shay holatga keltirilgan texnikalarni tuman komissiyalari tomonidan qayta ko‘rib chiqish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etgan holda qabul qilib sertifikat berish ishlarini borishi «O‘zagroinspeksiya» viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan nazoratga olindi.
Qolaversa, joylarda mavsum ishlariga jalb etilayotgan har bir qishloq xo‘jaligi texnikalari va mashina mexanizmlarni Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29 apreldagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida inspeksiya organlarida qayta ro‘yxatdan, yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi, shuningdek, mexanizatorlarni traktorchi-mashinist guvohnomalarini toifalari boshqaruvidagi texnikalarni boshqarishga ruxsat berishi hamda guvohnomalarini, texnik hujjatlarni yangi namunadagi plastik shakldagi hujjatlarga almashtirilganligi alohida nazoratga olinib mulk egalari va mexanizatorlar o‘rtasida qaror ijrosi yuzasidan tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Boshqarma boshlig‘i: S.Xudoynazrov