Joriy yilning 11 yanvar kuni 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan «O‘zagroinspeksiya»ning Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari munosib tarzda nishonladilar. Ushbu bayram kunida, Samarqand viloyatida turli tadbirlar, tantanali yig‘ilishlar o‘tkazilib, ularning Vatan himoyasidagi ahamiyati va shaxsiy xizmatlari yuksak baholandi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi nafaqat mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashdagi yutuqlarni, balki yurtimizni tinch va osoyishta tutishga xizmat qilayotgan barcha harbiy xizmatchilarning mashaqqatli mehnatini ham eʼtirof etadi.