Bugun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i A.Vaxabov va Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktori Sh.Kadirovlar muzokaralar olib bordi va o‘zaro hamkorlik bitimini imzoladilar.
Ushbu bitim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2024 – 2026-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 14-oktyabrdagi PF-155-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida imzolandi.“Uzcosmos” va «O‘zagroinspeksiya» o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi yerlarining holatini masofadan turib monitoring qilish, ularning unumdorligini baholash, ekin maydonlarini aniqlik bilan kuzatish, noqonuniy va o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonlarini aniqlash va bu orqali qishloq xo‘jaligi sohasida resurslardan oqilona foydalanish, hosildorlikni oshirish, yerlarni nazorat qilish va boshqarishning shaffof mexanizmlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
«O‘zagroinspeksiya» axborot xizmati