Markaziy apparat va tizim tashkiloti xodimlari uchun huquqiy madaniyatini oshirish, shuningdek, xodimlarning ijtimoiy himoyasi masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi seminar tadhkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining Davlat boshqaruvining siyosiy asoslari kafedrasi mudiri, siyosiy fanlari falsafa doktori Sa‘diyeva Go‘zal Sa‘diyeva ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining "2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi gender tenglikka erishish strategiyasini joriy yilda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi" doirasida gender tenglikni ta‘minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma‘lumot berdi.