Ру Ўз O`z En

YОSHLARGA YER AJRATISH ORQALI ULARNING DAROMADLARINI OSHIRISH MAVZUSIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI TASHKIL ETILMOQDA

15 Aprel 2024 981

Qishloq xo‘jaligidagi yer va suv resurslaridan samarali foydalanish orqali oziq-ovqat ekinlari yetishtirishni ko‘paytirish, aholi, shu jumladan, yoshlar bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish maqsadida Davlat rahbarining 2024 yil 5 apreldagi PQ-153-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qaror mazmun mohiyatini tushuntirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatlarida Respublika ishchi guruhi ishtirokida seminarlar o‘tkazildi.

Joylarda o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlarida yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va foydalanishga kiritish , yoshlarga “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali yer maydonlarini ajratilishi yuzasidan ikki tomonlama muloqotlar tashkil qilindi.

Seminarda Respublika ishchi guruhidan «O‘zagroinspeksiya» boshqarma boshlig‘i F.To‘xtashev, sektor rahbarlari hamda masʼul boshqa tashkilot mutasaddilari, elektron onlayn auksion tashkil etish xodimlari, mahalla yettiligi va yerlarni yangidan o‘zlashtirish va qayta foydalanishga kiritish loyihasini amalga oshiradigan tashabbuskorlar ishtirok etdilar.

Yuqoridagi qaror bilan, tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni (keyingi o‘rinlarda — yer maydonlari) elektron onlayn auksion savdolariga qo‘yilib, dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun ustuvor ravishda qarorda belgilangan ilovaga muvofiq yoshlarga ijaraga beriladi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha bo‘lgan zanjirni qamrab oluvchi quyidagi yangi tizim joriy etiladi.

Jumladan; bir oy muddatda 60 ming gektar yer maydonini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn auksion savdolari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali «mahalla yettiligi»ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan ro‘yxatga kiritilgan yoshlar (keyingi o‘rinlarda — talabgorlar) o‘rtasida o‘tkaziladi.

Bunda: yer maydonlarini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn auksion savdolari g‘oliblariga yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi; zakalat puli bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida belgilanadi;

Kun tartibidagi asosiy mavzu yuzasidan tegishli mutasaddi rahbarlarning fikrlari tinglandi va qatnashchilarning savollariga javoblar berildi.

"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati

Text to speech