"Oʼzagroinspektsiya" markaziy apparatining Koʼchatlar, meva-sabzavot va poliz qishloq xoʼjaligi ekinlari urugʼlari yetishtirilishini nazorat qilish boʼlimi tomonidan 2020 yil kuz va 2021 bahor oylarida ekish uchun tayyorlangan mevali daraxt va tok koʼchatlari tahlil qilindi.
Tahlillarga koʼra, Аkademik M.Mirzaev nomidagi bogʼdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti va uning hududiy tajriba stantsiyalarida 2020 yil kuz va 2021 bahor oylarida ekish uchun jami 5,8 mln dona mahalliy sharoitda tayyorlangan mevali daraxt va tok koʼchatlari mavjud boʼlib, shundan, 3,2 mln dona mevali daraxt va 2,5 mln dona tok koʼchatlari tashkil etadi.
Ushbu tayyorlangan koʼchatlarni sotish boʼyicha jami 140 mlrd soʼmlik shartnomalar amalga oshirilgan. Shundan, 79,5 mlrd soʼmlik mevali daraxt va 60,4 mlrd soʼmlik tok koʼchatlarini sotish maqsadida fermer xoʼjaliklari va korxonalar bilan shartnomalar tuzilgan.
Bugungi kunda, ilmiy tadqiqot institutning hududiy tajriba stantsiyalari tomonidan, 179 ming dona yoki 1,3 mlrd soʼmlik mevali daraxt koʼchatlari va 262 ming dona yoki 518 mln soʼmlik tok koʼchatlari sotilgan.
Shuningdek, bugungi kunda ilmiy tadqiqot institutning hududiy tajriba stantsiyalarida 3,0 mln dona mevali daraxt va 2,2 mln dona tok koʼchatlari mavjudligi aniqlandi.