Ру Ўз O`z En

2021 yil hosili uchun qancha miqdorda urugʼlik paxta xom ashyosi jamgʼarildi?

2 Dekabr 2020 3393

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 iyuldagi 575-sonli qarori bilan Inspektsiyaga berilgan vakolatlardan kelib chiqib, Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi hamda “Oʼzagroinspektsiya” tomonidan joriy yil 18 sentyabrdagi “2020 yil mavsumida urugʼchilik fermer xoʼjaliklaridan sifatli urugʼlik paxta tayyorlash chora-tadbirlariga bagʼishlangan yigʼilish qoʼshma bayoni” ga koʼra, 2021 yil hosili uchun navlar kesimida urugʼlik paxta xom ashyosi jamgʼarilishi Inspektsiya tomonidan muntazam nazorat qilib borildi.

Qoʼshma bayonning tegishli bandlari bajarilishi tahlil qilinganida 2021 yil hosili uchun Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlarda faoliyat yuritib kelayotgan paxta-toʼqimachilik klasterlari hamda kooperatsiyalar tomonidan 33 ta rayonlashtirilgan, 23 ta istiqbolli, 52 ta yangi gʼoʼza navlaridan 180,3 ming tonna urugʼlik paxta xom ashyosi jamgʼarilishiga erishildi.

Jamgʼarilgan urugʼlik paxta xom ashyosining 145,2 ming tonnasi asosiy, 35,1 ming tonnasi zaxira fondini tashkil qiladi.

Respublikaning asosiy maydonlarini egallagan Sulton gʼoʼza navi kelgusi yilda Buxoro va Qashqadaryo viloyatidan tashqari barcha viloyatlarda katta maydonlarga ekilishi kutilayotgani bois mazkur navdan 34,5 ming tonna urugʼlik paxta xom ashyosi jamgʼarildi. Shuningdek, Buxoro-102 navi Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida ekilishi kutilayotganligi bois 21,2 ming tonna urugʼlik paxta jamgʼarildi.

Ushbu jamgʼarilgan urugʼlik paxta xom ashyosini sifatli saqlash, qayta ishlash hamda nav va avlodlar kesimida kelgusi yil hosili uchun urugʼlik chigit yetkazib berilishi “Oʼzagroinspektsiya” tomonidan muntazam nazoratga olingan.

 

Urugʼlik paxta xom ashyosi chigiti yetishtirishni nazorat qilish boʼlimi

Text to speech