O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish Inspeksiyasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-sonli «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuni va “O‘zagroinspeksiya” boshlig‘ining 2020-yil 8-iyundagi S5-sonli buyrug‘iga asoslangan holda amalga oshiriladi.
Tahlillarga ko‘ra, 2023-yilning yarim yillik davrida “O‘zagroinspeksiya” markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlariga O‘zbekiston Respublikasi Virtual qabulxonasi, “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali, «O‘zagroinspeksiya»ning «Ishonch telefoni», Inspeksiyaning elektron pochtasi va Edo.ijro.uz idoralararo hujjat aylanish tizimi hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri jami 396 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 306 tasi ko‘rib chiqilgan, 148 tasi qanoatlantirilgan 152 tasiga tushuntirish xatlari berilgan.
Yuridik shaxslar yaʼni tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojaatlarning asosiy mazmuni Inspeksiyaning davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘nalishiga qaratilgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilishi texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish va ularni ro‘yxatga olib, yangi namunadagi plastik shaklidagi texnik guvohnoma olish bo‘yicha so‘rovlari hisoblanadi.
Bundan tashqari, “O‘zagroinspeksiya” tomonidan jami 20 652 ta jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilingan.