Ру Ўз O`z En

Fermer xo‘jaligi rahbariga nisbatan 47 million so‘mlik moliyaviy jarima qo‘llanildi

9 Iyul 2021 2151

Mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash maqsadida “O‘zagroinspeksiya” Buxoro tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 19-martdagi 82-sonli qarori talablarining joylarda bajarilishi yuzasidan nazorat tadbirlari olib borildi.

Tadbir davomida inspektorlar tomonidan Buxoro tumani “Qavola MahmudMFY hududidagi chorvachilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligi suvdan foydalanish tartibini qo‘pol ravishda buzganligi aniqlandi.

Xo‘jalik o‘ziga tegishli bo‘lgan yer maydonida rejada ko‘rsatilmagan suvga talabchan sholi ekinini parvarishlab, shartnoma majburiyatlarini bajarmasdan, hech qanday tegishli vakolatli organlar ruxsatisiz o‘zboshimchalik bilan “Yangi Obod” kanalidagi suvdan ekinini sug‘orish maqsadida foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

Tekshiruv natijasiga ko‘ra, yuqoridagi huquqbuzarlik juda ko‘p miqdorda suvning isrof bo‘lishiga sabab bo‘lib, xo‘jalik tomonidan davlat manfaatlariga jami 47 628 000 so‘mlik zarar yetkazilgan.

Holat, xolislar va boshqa mutaxassislar ishtirokida o‘rganilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Ko‘p miqdorda suv isrofgarchiligiga yo‘l qo‘yganligi yuzasidan Fermer xo‘jaligi rahbari F.M. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining MJtKning tegishli moddalari bilan maʼmuriy ish qo‘zg‘atilib, yig‘ilgan hujjatlar Buxoro tuman sudiga yuborildi va yetkazilgan zararni qoplash maqsadida 47 628 000 so‘m moliyaviy jarima qo‘llanildi.

Murod JAMOLOV, “O‘zagroinspeksiyaning Buxoro tuman bo‘limi katta inspektori              

Text to speech