Ру Ўз O`z En

Ko‘hna Xiva shahriga sayohat tashkil etildi

26 Sentyabr 2023 2561

“O‘zagroinspeksiya” tomonidan Prezidentning “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni ijrosini Inspeksiyada tashkil etish chora-tadbirlari rejasi tasdiqlangan bo‘lib, uning 11-bandiga ko‘ra mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni Respublikamizning Xiva, Samarqand kabi turistik shaharlariga sayohatini tashkil etish belgilangan.

Shunga ko‘ra, Inspeksiyaning  Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan boshqarma va tuman bo‘limlari mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni ko‘hna Xiva shahriga sayohati tashkil etildi.

Tashkil etilgan sayohat davomida xodimlar “ochiq-osmon osti muzeyi” deb nom olgan qadimiy arxitektura va ko‘p asrlik shaharning tarixiy obidalari, meʼmoriy manzaralari bilan yaqindan tanishdilar.

Huddi shuningdek, Inspeksiya tizimida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning nafaqat madaniy-maʼrifiy xordiq chiqarishlari balki jismonan sog‘lom bo‘lishi masalasi ham muhim vazifalardan biri bo‘lib, bu borada olib borilayotgan saʼyi-harakatlar ham ko‘rsatishga arzigulik.

Xususan, Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida sportning shaxmat, shashka, stol tennisi, voleybol kabi turlaridan biri bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etilib, tadbirda yuqori o‘rinlarni egallagan g‘oliblarga esdalik sovg‘alari tarqatildi.

"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati

Text to speech