Ру Ўз O`z En

Sardoba tumanida g‘alla o‘rimi bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

22 May 2025 55

Sardoba tumanida 2025-yilgi g‘alla o‘rimi mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, kombayn texnikalarining uzluksiz va samarali ishlashini ta’minlash maqsadida seminar tashkil etildi.

Joriy yilda tumanda 12 ming gektar maydonda bug‘doy parvarishlanmoqda. Agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida belgilangan me’yorlarga muvofiq o‘tkazilishi natijasida mo‘l hosil yaratildi.

Seminarda yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay yig‘ishtirib olish bo‘yicha ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi. O‘rim mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida tumanda 15 ta o‘rim otryadi shakllantirilgan bo‘lib, ular ixtiyoriga yuqori unumdorlikka ega 33 ta kombayn biriktirilgan.

Text to speech