Ру Ўз O`z En

SARA URUG‘LIK JAMG‘ARISH BO‘YICHA SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

14 May 2025 84

Surxondaryo viloyati Angor tumani “M.Azizov” hududidagi “Zamin Angor Klaster” MCHJning urug‘lik g‘alla maydonlarida dala aprobatsiyasi ko‘rigini o‘tkazish bo‘yicha amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda sohaga aloqador tashkilot rahbarlari, “O‘zagroinspeksiya”ning Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i va o‘rinbosari, tuman bo‘limi boshliqlari mutaxassislari, “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” DM viloyat rahbarlari va ularning tumanlardagi vakillari, Elita urug‘chilik xo‘jaliklari  boshliqlari va urug‘chilik fermer xo‘jaliklari rahbarlari, paxta-to‘qimachilik klasterlari vakillari hamda viloyat va tumanlardan aprobatsiya o‘tkazish uchun tuzilgan komissiya a’zolari ishtirok etishdi.

Viloyatda 2025-yil hosilidan urug‘lik paxta yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun tender tanlovidan o‘tgan 181 nafar subyektlarning 6724 gektar maydonida urug‘lik don yetishtirish uchun bug‘doyning yuqori avlodli navlari ekib parvarishlanib kelmoqda. Hozirgi kunga qadar ushbu maydonlarda mutaxassislar tomonidan to‘rt marta monitoring o‘tkazilib, 67 gektar maydon kasallik va zararkunandalar bilan zararlanganligi, begona o‘t bosganligi, ikkinchi yil g‘alla o‘rniga ekilganligi va boshqa sabablarga ko‘ra urug‘lik olish uchun yaroqsiz deb topildi.

 Endigi vazifa urug‘lik don olinadigan maydonlarda aprobatsiya ko‘rigini normativ-huquqiy hujjatlar asosida o‘tkazib, kelgusi yil hosili uchun urug‘lik g‘alla olinadigan maydonlarni oqilona tanlab olishdir.

 O‘quv seminarida boshoqli don ekinlari urug‘lik maydonlari aprobatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan komissiya a’zolariga tegishli vazifalar yuklatildi.

“O‘zagroinspeksiya”ning Surxondaryo viloyati boshqarmasi

Text to speech