Buxoro tumani “Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Buxoro ilmiy-tajriba stansiyasi”da Viloyat qishloq xo‘jaligi tashkilotlari, urug‘lik don qabul qilish shoxobchalari hamda urug‘lik g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari ishtirokida 2025 yil hosili uchun urug‘lik g‘alla maydonlarida aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv-seminar tashkil etildi.
Unda O‘zagroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat qilish bosh mutaxassislari, “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi Buxoro viloyati filiali mutaxassislari ishtirok etdi.
Seminarda urug‘lik don yetishtirish qishloq xo‘jaligi rivoji, umuman, yurtimiz iqtisodiyotini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishi xususida atroflicha so‘z yuritildi.
Ushbu ilmiy-amaliy seminar urug‘chilikda samaradorlikni oshirishga, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ommalashtirishga amaliy yordam berdi.
Z.Aslonov,
“O‘zagroinspeksiya”ning Buxoro viloyati boshqarmasi
sho‘ba boshlig‘i