Ру Ўз O`z En

Sirdaryoda 2023 yil hosilidan 8 ming tonnaga yaqin urug‘lik paxta-xom ashyosi jamg‘arilgan

22 Yanvar 2024 2314

Maʼlumki, urug‘lik chigitni tozalash, saralash, tuksizlantirish va dorilash ishlarini davlat standarti talablari asosida bajarilishi paxtadan mo‘l hosil olishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.

Urug‘lik paxta xom-ashyosini qabul qilish, saqlash, dastlabki qayta ishlash, urug‘lik chigit tayyorlash va saqlash, tarqatish va sifatini nazorat qilish bo‘yicha Inspeksiyaning Sirdaryo viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan nazorat qilib borilmoqda.

Jumladan, 2023 yil hosilidan paxta to‘qimachilik klasterlari tomonidan jami 7 ming 807 tonna, shundan 30 ta g‘aramlarda 7598 tonna va 5 ta omborlarda 209 tonna urug‘lik paxta xomashyosi nav va avlodlar bo‘yicha jamg‘arilgan.

 Shuningdek, 2024 yil hosili uchun 3000 tonna tozalash va saralash, shundan 2100 tonna tuksizlantirilib, dorilash ishlari amalga oshirish belgilanib, urug‘lik chigit tayyorlash grafigi, urug‘lik chigitni tozalash, saralash tuksizlantirish va dorilash dislokatsiyasi ishlab chiqilib tasdiqlangan.

Shunga ko‘ra, viloyatda mavjud bo‘lgan, “Sirdaryo best ceeds” MCHJ da 1159 tonna, "Bek klaster" MCHJ da 203 tonna va “Poly tex Sirdaryo” MCHJ da 457 tonna jami 1819 tonna dorilash belgilangan.

Bundan tashqari “Indorama Agro XK” MCHJ tomonidan Qashqadaryo vilotidan 281 tonna urug‘lik chigit tashib keltirish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda, 1058 tonna yoki 35,3 foiz urug‘lik chigit tozalanib, saralangan, shundan 430 tonna yoki 20,5 foiz tuksizlantirilgan va 430 tonna yoki 20,5 foizi dorilangan bo‘lib, ishlar davom etmoqda.

2024 yil hosili uchun urug‘lik chigitni dorilash ishlari inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan to‘liq nazoratga olingan.

Inspeksiyaning Sirdaryo viloyat boshqarmasi

Text to speech