Ру Ўз O`z En

Paxta hosilini qabul qilish onlayn tizimi orqali nazorat qilinmoqda

29 Oktyabr 2024 575

Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan paxta-to‘qimachilik klasterlariga qarashli paxta qabul qilish maskanlarida 2024-yil paxta hosilini shaffof va uyushqoqlik bilan yig‘ib olishni tashkil etish maqsadida paxta hosili  avtomatlashgan onlayn hisobga olish «Agroplatforma» tizimi orqali qabul qilinmoqda.

Bu haqida Agroinspeksiyaning Samarqvand viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan Press – turda taʼkidlandi.

Taʼkidlanadiki, 2024-yil hosili uchun viloyatdagi mavjud 10 ta paxta to‘qimachilik klasterlari tomonidan 2 ming 228 ta paxta yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari bilan fyuchers shartnomasi imzolangan.

Aynim kunlarda viloyat paxta dalalarida yig‘im-terim ishlari avjida. Klaster korxonalariga qarashli 31 ta paxta qabul qilish maskanlarida yig‘ishtirib olingan paxta xom ashyosi peshma-pesh qabul qilinmoqda.

«Agroinspeksiya»ning Samarqand viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari masʼul xodimlari “ARBITRAJ” guruhlari fermer xo‘jaliklari va paxta-to‘qimachilik klasterlari o‘rtasida paxtani qabul qilishda nizoli holatlarni bartaraf etishda ishtirok etmoqda.

 Jumladan, Arbitraj guruhlari tomonidan bugungacha fermer xo‘jaliklari va paxta-to‘qimachilik klasteri o‘rtasida 50-ta nizoli holatlar bo‘yicha dalolatnomalar tuzilib, shundan 39-ta holatda fermer xo‘jaliklari foydasiga, 11-ta holatda paxta-to‘qimachilik klasterlari foydasiga hal etilgan.

Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan paxta-to‘qimachilik klasterlari paxta qabul qilish maskanlarning paxta xom-ashyosini qabul qilish bo‘yicha kunlik nazorat o‘rnatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va davlat standartlari talablari asosida asosida paxta-to‘qimachilik klasterlarida paxta xom-ashyosining saqlanishi, realizatsiya qilinishi yuzasidan Inspeksiya vakolati doirasida nazoratga olingan hamda sohaviy tavsiyalar berilib borilmoqda,-deydi,- «Agroinspeksiya»ning Samarqand viloyat boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i Baxodir Raxmonov.

Matbuot va ommaviy axborot vositalari vakillari tadbir davomida paxta xom ashyosini qayta ishlash jarayonlari bilan ham yaqindan tanishdilar.

O‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Paxta xom-ashyosi va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish shoʼbasi boshlig‘i

B.Raxmonov

Text to speech