Ру Ўз O`z En

"Qo‘shma tadbirlar rejasiga" ko‘ra joylarda o‘tkazilgan reyd tadbirlarida qonunbuzarlik holatlari aniqlanmoqda

12 Fevral 2024 1419

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi "O‘zagroinspeksiya" va Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalari holati va ularning ekspluatatsiya qilinishi samaradorligi ustidan nazoratni tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Qo‘shma tadbirlar rejasi”ga asosan, Samarqand viloyati Paxtachi tumanida olib borilgan tadbirlarda bir qator qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.

Jumladan, Paxtachi tumani "Bog‘olon” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi I. N. «Bog‘olon» MFY hududida o‘ziga tegishli bo‘lgan TTZ-80.11 rusumli transport traktorini, xuddi shuningdek, Paxtachi tumani "Nayman” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi T. O. soat 10-30 larda “Nayman” MFY hududida o‘ziga tegishli bo‘lgan TTZ-80.10 rusumli transport traktorlarini o‘ng va chap tomon burilish chiroqlari nosoz, orqa tarafni ko‘rsatish ko‘zgularini o‘rnatmagan holatda yo‘lga chiqib, boshqarib kelganligi holati aniqlangan. "O‘zagroinespeksiya"ning Paxtachi tuman bo‘limi bosh mutaxassisi B.Sayimov tomonidan mazkur holatlar bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Paxtachi tumanida 2024-yil bahorgi dala ishlarida qatnashadigan qishloq xo‘jaligi texnikalarini mavsumga tayyorlash ishlari bo‘yicha kunlik nazorat o‘rnatilganligi va taʼmirlash ishlarini sifatli o‘tkazilishi bo‘yicha ko‘rsatilgan amaliy yordamlar natijasida 2 ming donaga yaqin qishloq xo‘jaligi texnikalari taʼmirdan chiqarilib, mavsumga shay holatga keltirilmoqda.

"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati

Text to speech