2021 yilning 10 - 11 may sanasida Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tashqi savdo va iqtisodiyot bo‘yicha vazir-delegati F.Rister boshchiligida delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida, "MEDEF International" tadbirkorlar harakati bilan birgalikda o‘zbek-fransuz biznes-forumi o‘tkazilishi barobarida, qishloq xo‘jaligida agrologistika markazini ochish va boshqarish bo‘yicha “RUNGIS SEMMARIS” kompaniyasi, issiqxona tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha “RICHEL GROUP” kompaniyasi va urug‘chilik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha “ADEPTA” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, “ADEPTA” kompaniyasi raisi, shu bilan birga “SEMAE” kompaniyasi maslahatchisi hisoblangan janob Fransua Burgo bilan Markaz rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda, xalqaro tashkilotlari tomonidan belgilangan normalarga muvofiq sertifikatlashtirish va nazorat tizimini standartlashtirish borasida amaliy maslahatlarini berib borishga kelishib olindi